
Madridning 'Real' jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso 'Liverpul' safidagi faoliyati uning murabbiylik yoʻlidagi shakllanishida katta ahamiyat kasb etganini ta'kidladi. "Liverpul'dagi vaqtim menga juda katta ta'sir qildi. 
Men Rafa Benites bilan besh yil ishladim va koʻplab tajribalar oldim. Yuqori darajadagi futbolning nima ekanligini anglab yetdim. 
Bu tajriba hozirgi faoliyatimda menga yordam bermoqda. Agar sen futbolni sevsen, 'Liverpul'da oʻynashni yoqtirasan. 
Bu yillar meni nafaqat yaxshi futbolchi, balki yaxshi murabbiy ham qildi. Hali ham oʻsha davrdan koʻp narsani eslayman va ular bugungi kunda menga yordam beradi", – dedi Alonso. 
Ma'lumot oʻrnida, ispaniyalik futbolchi 2004 yildan 2009 yilgacha 'Liverpul' sharafini himoya qilgan va ushbu jamoa bilan Chempionlar Ligasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan.
Xabi Alonso: “Liverpul” yillari murabbiylik faoliyatimga ta'sir qildi
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing