15:53 / 26.10.2022
3 267

Rossiya Yevropani qo‘rqitayotgan «iflos bomba» nima va u qanchalik xavfli?

Rossiya Yevropani qo‘rqitayotgan «iflos bomba» nima va u qanchalik xavfli?
Ukrainaning “iflos bomba” qo‘llashga shaylanayotgani va bu aybni Rossiyaga to‘nkashga urinayotgani so‘nggi kunlarda ko‘plab rossiyalik siyosatchilar va harbiylarning og‘zida duv-duv gap bo‘lib qoldi. Mudofaa vaziri Sergey Shoygu AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Turkiyadagi hamkasblari, Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov – Buyuk Britaniya mudofaa shtabi boshlig‘i Entoni Radakinga va AQSH shtab rahbarlar uyushmasi qo‘mitasi raisi Mark Milliga qo‘ng‘iroq qildi.

Dushanba kuni tushdan keyin Radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i general-leytenant Igor Kirillov brifing o‘tkazdi va unda voqealar rivoji borasida Mudofaa vazirligining fikrlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Rossiya qo‘shinlarining da’vo qilishicha, bomba uchun materiallar Ukrainaning uchta ishlayotgan atom elektr stansiyasi: ishlamayotgan Chernobil AES, kimyo va atom sanoatidan chiqqan radioaktiv axlatlar yo‘q qilinadigan joylari bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Shuningdek, Ukrainada ilmiy baza mavjudligini e’tiborga olish kerak, bilamizki, bu Xarkov fizika-texnika instituti, uning olimlari SSSR davrida yadro ishlab chiqarish dasturida ishtirok etgan, u yerda hozirda turli xil tajribaviy loyihalar, shu jumladan, “Uragan” termoyadroviy moslama ishlangan, shuningdek, Kiyevdagi Milliy fanlar akademiyasi qoshidagi Yadro tadqiqotlari institutida aktivligi yuqori radioaktiv materiallar yordamida VVR-M reaktori ustida tadqiqotlar olib borilmoqda”, — deydi Kirillov.

Shu bilan birga, Rossiya harbiylarining fikrlariga qaraganda, "Ukrainaning ikki tashkiloti "jirkanch bomba" deb atalmish qurolni yaratish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalarga ega. Ish yakuniy bosqichdaligi aniq”.

Mudofaa vazirligidagi ma’lumotlariga havolalardan boshqa hech qanday dalil keltirilgani yo‘q.

VVC muxbiri Stiv Rozenberg Ukrainaga nisbatan qo‘yilayotgan ushbu ayblovlarga oydinlik kiritishni so‘rab, Sergey Narishkinga murojaat qildi, u esa o‘z navbatida shunchaki ayrim umumiy gaplarni aytish bilan chegaralandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Kiyev tuzumining yadro quroliga ega bo‘lish istagi prezident Zelenskiy Myunxendagi xavfsizlik konferensiyasida nutq so‘zlagan kundan boshlab (19 fevral) bir necha bosqichlar davomida insoniyat tomonidan ko‘rilgan, o‘shanda uning yadroviy qurolga ega bo‘lish istagi allaqachon ayon bo‘lgandi."

Bu Rossiyaning Ukrainani “iflos bomba” yaratishga urinishda birinchi marta ayblashi emas. Bu, masalan, fevral oyining oxirida rus armiyasi Ukrainaga bostirib kirganidan keyingi dastlabki kunlarda rus matbuoti tomonidan faol muhokama qilindi.

Rossiya matbuotida Ukrainada “iflos bomba”, hatto yadroviy qurol yaratilayotgani ehtimoli haqidagi nashrlarda avval ham ma’lumotlar paydo bo‘lgan. 2014 yil 17 sentyabrda “Izvestiya” nashri “Ukraina 10 yil ichida yadroviy bomba yaratishi mumkin” maqolasini chop etgan edi, unda mutaxassislar “iflos bomba” haqida ham gap yuritgan. Ammo VVC rus xizmati “iflos bomba” bilan bog‘liq ayrim savollarga javob topishga harakat qildi. Ammo bu hozircha shunchaki jurnalistlar va Rossiya harbiylarining og‘zidagi gaplar, ammo isbotlar yo‘q.

Ukraina reaksiyasi

Ukraina Rossiyaning “iflos bomba” yaratishga urinish haqidagi ayblovlarini rad etadi. “Birinchidan, Ukraina [Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma]ning sodiq a’zosi: bizda “jirkanch bombalar" yo‘q va biz ularga ega bo‘lishni rejalashtirmayapmiz. Ikkinchidan, ruslar ko‘pincha o‘zlari rejalashtirayotgan narsada boshqalarni ayblashadi”. Bu haqda 23 oktabr kuni Tashqi Ishlar Vaziri Dmitriy Kuleba tvitterda ma’lum qildi.

24 oktabr kuni Kuleba MAGATE Bosh kotibi Rafayel Grossiga (MAGATE buni keyinroq tasdiqladi) zudlik bilan Ukrainadagi tinch ob’ektlariga ekspertlarni yuborishni so‘rab murojaat qildi. Rossiya bu yerlarni "jirkanch bomba" yaratish uchun qulay joy deb ta’riflaydi.

"U rozi bo‘ldi. Rossiyadan farqli o‘laroq, Ukraina shaffoflikni saqlab kelmoqda va shunday bo‘lib qoladi. Bizda yashiradigan hech narsa yo‘q", deb yozgan Dmitriy Kuleba o‘z sahifasida.

Kuleba AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan ham suhbatlashdi va ruslar Ukrainani o‘zlari ishlatmoqchi bo‘lgan taqiqlangan qurollardan foydalanganlikda ayblamoqchi bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

"Iflos bomba" - bu yadroviy qurolmi?

"Iflos bomba" - radiologik qurol turlaridan biri. U ommaviy qirg‘inga sabab bo‘luvchi quroldir.

Ifloslanishning oqibatlari odamlar sog‘lig‘iga ta’sir qilishi mumkin, lekin darhol emas, vaqt o‘tishi bilan bildiradi. Radioaktiv modda turini o‘z vaqtida aniqlash, mahalliy hokimiyat organlariga zarur choralarini ko‘rishga va ifloslangan hududdan evakuatsiya qilishga yordam beradi.

Hudud ifloslanganicha qoladi, ammo bundan katta harbiy foyda ko‘rilmaydi, portlash oqibatlarini bartaraf qilish qimmatga tushadi.

Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universitetining Xalqaro aloqalar instituti professori, yadro qurolini tarqatishning oldini olish bo‘yicha ekspert Sergey Galaka VVCga bergan intervyusida, radioaktiv ifloslanish hududi tabiiy va izotoplar tarkibiga bog‘liq bo‘lishini e’tirof qilgan. “Agar kuchli shamol paytiga to‘g‘ri kelsa-yu, yomg‘ir yog‘masa, u holda kuchli ifloslanish yuzaga keladi. Agarda shamol kuchsiz bo‘lib, kuchli yomg‘ir yog‘sa, yog‘ingarchilik zaharlarnishning tarqalishini oldini oladi va ma’lum bir hudud bundan zarar ko‘rishi mumkin, deydi mutaxassis.

Yadro bombasining portlashi o‘sha hududning kamroq ifloslanishiga olib keladi, lekin uning oqibati, portlovchi to‘lqin, radiatsiya va penetratsion nurlanish halokatli bo‘ladi.

Psixologik omil

Odamlarning psixologik omil tufayli ham "jirkanch bomba"dan qo‘rqishi ham kuchli radiatsiya sabablidir. Uni ba’zan “ommaviy qirg‘in quroli" deb ham atashadi.

Radioaktiv moddalar, portlash ommaviy vahimaning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, agar bunday bomba katta shaharda portlasa, uning hech bo‘lmaganda, bir qismi istiqomat qilishga yaramay qoladi va mamlakat uchun iqtisodiy va siyosiy zararlarni keltirib chiqaradi.

Shuning uchun ekstremistik guruhlar bunday qurollarni qo‘lga kiritishga intilishadi, deb taxmin qilinadi.

"Iflos bomba"ning kelib chiqishini aniqlash mumkinmi?

Radioaktiv moddalar tufayli yuzaga kelgan ofatlar va baxtiz hodisalar dunyoda bir necha marta sodir bo‘lgan, shu bois atmosfera tarkibida radioaktivlarni nazorat qilish masalasi butun dunyo uchun juda muhim sanaladi. Bunday baxtsiz hodisalarning oxirgisi 2019 yil 8 avgustda Rossiya Shimoliy flotining Nyonoksadagi poligonida sodir bo‘lgan, avariya natijasida bir necha kishi halok bo‘lgan, qurbonlar soni hanuzgacha aniq emas.

Voqea sodir bo‘lganidan so‘ng darhol bir necha mamlakatlarda atmosfera tarkibida turli xil radioaktiv moddalar darajasining oshishi qayd etildi. Iyun oyining boshida Norvegiyada yod-131 izotopi, Shvetsiya va Finlyandiyada seziy-134, seziy-137, kobalt-60 va ruteniy-103 singari moddalar aniqlangan.

Mutaxassislar olib borgan izlanishlar natijasidagi izotoplar jamlanmasidan portlash harbiy ob’ektda sodir bo‘lganini, hech qanday fuqaroviy yadroviy ob’ektlaridan sizib chiqishidan yuzaga kelmaganini qayd etgandilar.

Radioaktiv moddalar ko‘p miqdorda ajralib chiqqan taqdirda, yerosti stansiyalari "iflos bomba" tarkibida qo‘llanilgan moddalar tarkibini aniq aniqlash dargumon. Ular faqat ifloslanishning tabiati haqida umumiy xulosa chiqarishlari mumkin.

Aniqroq tasvirni faqat bunday chiqindilar yaqinida joylashgan maxsus radiatsion razvedka samolyoti olinadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo