date

Dilnoz Hakimova nikoh paytidagi ko‘z yoshlarining sababini ochib berdi

Dilnoz Hakimova nikoh paytidagi ko‘z yoshlarining sababini ochib berdi

Xonanda Dilnoz Hakimova “Oshxona talk” loyihasidagi suhbat davomida nikoh marosimida yig‘lab yuborgani haqidagi savolga ochiq javob berdi.

“Bitta Reelsingiz ko'rdim, nikoh paytida yig‘lagan ekansiz. Nega?” degan savolga u shunday dedi:

“Men ham aniq nima uchun yig‘laganimni bilmayman. Nikoh paytida odatda juda ta’sirli va kuchli gaplar aytiladi. Domla gapirayotgan paytda ichimda hislar to‘lqinlanib ketgan, shuning uchun ko‘z yoshimni ushlab turolmaganman. Yig‘laganimni ko‘rib, o‘zim ham biroz hijolat bo‘lganman. Hatto domla ‘bu qizni majburlab turmushga beryaptimi?’ deb o‘ylamasin, degan xavotir ham bo‘lgan”, — dedi xonanda.

Uning aytishicha, turmush o‘rtog‘i ham bu holatdan hayratlangan:

“Erim ham hayron bo‘lib qolgan. ‘Hech qayering og‘rimayaptimi, hammasi joyidami?’ deb orada so‘rab turgan. O‘sha paytning o‘zi qandaydir ilohiy lahza bo‘lsa kerak, yurak juda tez uradi, hislar juda kuchli bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Shuningdek, u nikohdan so‘ng bo‘lgan bir kichik kulgili holatni ham eslab o‘tdi:

“Keyin nikohdan chiqib, do‘stlarim bilan ketib qolganman. Erim telefon qilganida esa ko‘tarmaganman”, — dedi Dilnoz Hakimova.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Dilnoz Hakimova nikoh paytidagi ko‘z yoshlarining sababini ochib berdi