Luizianada dahshatli otishmada sakkiz nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi

Luizianada dahshatli otishmada sakkiz  nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi
Qisqacha

Luiziana shtatining Shreveport shahrida yuz bergan dahshatli otishma oqibatida kamida sakkiz nafar voyaga yetmagan bola halok bo'ldi. Qo'rollangan shaxs turli uylarga o't ochgan, so'ngra mashina o'g'irlab qochishga uringan, biroq politsiya bilan otishmada o'zi ham halok bo'lgan. Qurbonlar orasida 1 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar borligi, ayrimlari gumondor bilan qarindosh ekani aytilmoqda. Hozirda voqeaning barcha tafsilotlari o'rganilmoqda.

Luiziana shtatining Shreveport shahrida yuz bergan qurolli hujum katta fojia bilan yakunlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishma oqibatida kamida sakkiz nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘lgan, yana ikki kishi jarohat olgan.

ABC News xabariga ko‘ra, hodisa mahalliy polisiyaga tayanib tasdiqlangan.

Ma’lum qilinishicha, qurolli shaxs bir nechta turli mahallalardagi uylar tomon o‘t ochgan. Natijada bir yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar qurbon bo‘lgan, ularning ayrimlari gumondor bilan qarindoshlik aloqalariga ega ekani aytilmoqda.

Hujumdan so‘ng gumondor avtomobil o‘g‘irlab, voqea joyidan qochishga uringan. Polisiya uni Bossiyer shahrida to‘xtatishga harakat qilgan va yakunda otishma natijasida gumondor halok bo‘lgan.

Hozirda shtat detektivlari va huquq-tartibot organlari hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash ustida ishlamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar