Germaniya boshpana tizimida nega keskin pasayish kuzatildi?

2026 yilning birinchi choragida Germaniyada boshpana so‘rash bo‘yicha arizalar sezilarli darajada kamaygani qayd etildi. Yevropa Komissiyasining maxfiy hisobotiga tayanib berilgan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat Yevropa Ittifoqida eng ko‘p murojaat qabul qiluvchi davlat maqomini yo‘qotgan.
Statistikaga ko‘ra, Germaniyada ushbu davrda 28 922 ta yangi boshpana arizasi qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 23 foizlik pasayishni anglatadi.
Natijada Germaniya 2015 yildan buyon ilk bor reytingda to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi. Hozirda Fransiya, Ispaniya va Italiya undan oldingi pog‘onalarda joylashgan.
Mutaxassislar bu o‘zgarishni asosan suriyalik va ukrainalik murojaatchilar sonining kamayishi bilan izohlashmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing