15:21 / 07.12.2022
2 027

Ukrainaning tinch aholisi uchun o‘ta og‘ir vaziyat yuzaga keldi – BMT

Ukrainaning tinch aholisi uchun o‘ta og‘ir vaziyat yuzaga keldi – BMT
Ukraina energetika infratuzilmasining o‘qqa tutilishi natijasida millionlab odamlar issiqlik, elektr quvvati va suvdan mahrum bo‘ldi.

Fuqarolik infratuzilmasi obyektlarining o‘qqa tutilishi, natijada qishda aholining issiqlik, suv va yorug‘likdan mahrum bo‘lishi xalqaro insonparvarlik qonunchiligi qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashining Ukraina bo‘yicha yig‘ilishida BMT favqulodda yordam koordinatori, bosh kotibning gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffis ma’lum qildi, deya xabar beradi BMT matbuot xizmati.

"Ukrainaning energetika infratuzilmasi, jumladan, elektr stansiyalari va issiqlik korxonalarining nishonga olinishi natijasida millionlab odamlar issiqlik, elektr va ichimlik suvidan mahrum bo‘ldi, bu esa ushbu urush natijasida yuzaga kelgan gumanitar inqirozni battar kuchaytirdi", dedi Martin Griffis.

U Xavfsizlik Kengashi a’zolariga Ukrainada odamlarning ommaviy o‘limi, ularning ko‘chirilishi va iztiroblari, shuningdek, mamlakatdagi vayronagarchiliklar haqida gapirib berdi. Bosh kotib o‘rinbosari gumanitar yordam loyihalarining amalga oshirilishi va ukrainaliklarga yordam ko‘rsatishda BMT xodimlari duch kelayotgan muammolar haqida ham ma’lumot berdi.

“Fuqarolik infratuzilmasining o‘qqa tutilishi natijasida odamlar tibbiy yordamdan, bolalar esa ta’limdan mahrum bo‘lmoqda. Bugun Ukrainada omon qolish imkoniyati tahdid ostida”, — dedi Bosh kotib o‘rinbosari.

Havo harorati allaqachon noldan past va – 20 darajagacha tushishi kutilmoqda. Qariyalar, nogironlar va millionlab ko‘chirilgan odamlar ayniqsa xavf ostida. BMT vakili xalqaro gumanitar huquqda tinch aholining omon qolishi uchun zarur obyektlar muhofaza qilinishi kerakligi aniq belgilab qo‘yilganini eslatdi.

Tinch aholiga gumanitar yordam yetkazilishi haqida gapirar ekan, BMT vakili bu yo‘nalishda biroz yaxshilanish borligini, biroq BMT a’zolari Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlaridagi ba’zi hududlarga yordam yetkazishda haligacha to‘siqlarga duch kelishayotganini ta’kidladi.

"Gumanitar tashkilotlarga yordamga muhtojlarga qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, yordam berish uchun xodimlar va idoralararo vakillarni yuborishga ruxsat berilishi zarur", dedi Martin Griffis.

Minalar insonparvarlik yordamiga jiddiy to‘siq bo‘lmoqda

Ukraina hukumati tomonidan qayta tiklangan hududlarda minalar va portlamay qolgan harbiy qurilmalar aholi va gumanitar soha vakillarini jiddiy tashvishga solmoqda va asosiy xizmatlar, jumladan, elektr energiyasini tiklashni kechiktirmoqda, dedi Griffis.

BMT vakili barcha davlatlarni Ukraina hududlarini minalardan tozalash bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Bosh kotib o‘rinbosari o‘tgan hafta donorlarga insonparvarlik, jumladan, Ukrainaga yordam so‘rab murojaat qilganini esladi. Shu bilan birga, Griffis insonparvarlik ehtiyojlari ortib borayotganini va bu tendensiyani qaytarishning yagona yo‘li - Ukrainadagi urush yanada avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik va urushni tugatish yo‘lidagi harakatlarni ikki baravar oshirish ekanligini ta’kidladi.

BMT va gumanitar hamkorlarimiz vaziyatni yengillashtirish uchun astoydil harakat qilmoqda. Bu fojeali urushni tugatish uchun yanada ko‘proq birga harakat qilishimiz, tinchlikka erishish uchun bor kuchimizni ayamasligimiz kerak”, — dedi Martin Griffis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainaning tinch aholisi uchun o‘ta og‘ir vaziyat yuzaga keldi – BMT