Foto: T.ME/KRYUCHKOVOLEG
Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasining xabar berishicha, Jankoydagi portlashlar natijasida Rossiyaning «Kalibr» qanotli raketalari temiryo‘l orqali tashish vaqtida yo‘q qilingan.
Shu bilan birga, rasmiy Kiyev berilgan zarbaga aloqadorligini tasdiqlamadi yoki inkor etmadi.
Rossiya tomonidan egallab olingan Qrimning Jankoy shahriga uchuvchisiz uchoqlar tomonidan hujum qilingani haqida biroz avvalroq mahalliy «hokimiyat» xabar bergan edi.
Shahar meri Igor Ivinning so‘zlariga ko‘ra, dronlar bir nechta obyektlarga, jumladan, xususiy uy va do‘konga zarar yetkazgan. Anneksiya qilingan Qrim rahbari Sergey Aksyonovning yozishicha, Jankoy hududida «havo hujumidan mudofaa tizimi ishlab ketgan».
«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, dronlar xonadon va do‘konga zarar yetkazgan. Afsuski, bir kishi jabrlangan», — dedi u.
Telegram-kanallarda mahalliy aholi tomonidan suratga olingan dron hujumining ehtimoliy lahzasi aks etgan video paydo bo‘ldi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar