date
views 74

O‘zbekiston “Yashil Yevroosiyo” xalqaro iqlim tanlovida o‘z loyihasi bilan ishtirok etmoqda

O‘zbekiston “Yashil Yevroosiyo” xalqaro iqlim tanlovida o‘z loyihasi bilan ishtirok etmoqda
© Sputnik / Aleksandr Vilf
O‘zbekiston “Yashil Yevroosiyo” uchinchi xalqaro iqlim tanlovida ishtirok etmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEIK) matbuot xizmati xabar berdi.

YEIK va Yangi loyihalarni ilgari surish bo‘yicha strategik tashabbuslar agentligi hamkorligida o‘tkaziladigan “Yashil Yevroosiyo” uchinchi xalqaro iqlim tanloviga arizalarni qabul qilish yakunlandi.

Qayd etilishicha, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII)ning barcha beshta davlatidan, shuningdek, YEOIIning Xitoy, Hindiston, Eron va O‘zbekiston kabi asosiy savdo hamkorlaridan hujjatlar kelib tushdi.

Bundan tashqari, Janubiy Afrika, Efiopiya, Bolgariya, Moldova, Tojikiston va Senegal vakillari tomonidan arizalar topshirildi, bu esa tanlov geografiyasini sezilarli darajada kengaytirdi.

“Shuningdek, joriy yilda kelib tushgan murojaatlar sonining sifat jihatidan yaxshilanganini ham qayd etmoqchiman. Mutaxassislar va tanlov prezidiumi uchun eng yaxshisini tanlash oson bo‘lmaydi: deyarli barcha loyihalar eng yuqori o‘rinlar uchun raqobatlashishga va global miqyosda ko‘tarilishga loyiq ko‘rinmoqda”, — dedi YEIK savdo vaziri Andrey Slepnyov.

Tanlov g‘oliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimi hamda ularning loyihalari taqdimoti Minsk Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, “Yashil Yevroosiyo” III xalqaro iqlim tanlovida ishtirok etish uchun arizalarni fevral oyidan qabul qilish boshlangan edi.

Tanlov barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida innovatsion yechimlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ekologik toza texnologiyalarni joriy etishdan manfaatdor yirik kompaniyalar va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston “Yashil Yevroosiyo” xalqaro iqlim tanlovida o‘z loyihasi bilan ishtirok etmoqda