date
views 2 949

Bugun osmonda noyob «tabassum» paydo bo‘ladi: ko‘rishni unutmang!

Bugun osmonda noyob «tabassum» paydo bo‘ladi: ko‘rishni unutmang!
Bugun, 25 aprel kechasi yulduzli osmonga qarashni yaxshi ko‘radiganlarni noyob va qiziqarli astronomik hodisa kutmoqda. Osmonda Oy, Venera va Saturn bir chiziq bo‘ylab tizilib, kuluvchi yuzga o‘xshash shaklni yaratadi. Bu haqda astronomiya sohasidagi xalqaro nashrlar xabar tarqatmoqda.

Bu hodisada oyning hiloli kuluvchi og‘izni, ikki sayyora esa yuzning ko‘zlarini hosil qiladi. Ammo bu bizga tanish bo‘lgan ideal emojiga unchalik ham o‘xshamaydi. Chunki bu «ko‘zlar» — Saturn va Venera sayyoralari Oy atrofida noto‘g‘ri tekislikda, ma’lum bir burchak ostida joylashadi.

Sayyoralarning ko‘rinishini farqlash ham qiyin bo‘ladi. Venera Quyoshga va Yerga yaqinligi hamda yorug‘likni kuchli aks ettirishi sababli osmonda yarqiroq ko‘rinadi. Saturn esa juda xira bo‘lib, uni faqat yaxshi ko‘ruvchilargina sezishi mumkin.

Astronomlar va qiziquvchilar uchun bu g‘aroyib osmon hodisasini kuzatish yaxshi imkoniyat bo‘ladi. Tabiiyki, bunday jozibali va noodatiy astronomik voqealarni kuzatib qolish har doim ham imkonli bo‘lavermaydi.

Mutaxassislar bu g‘aroyib hodisani yaxshiroq ko‘rish uchun shahar yoritgichlaridan uzoqroqdagi ochiq maydonlarga borishni tavsiya qilishmoqda. Shuningdek, kuzatish uchun durbin yoki teleskopdan foydalanish ham yaxshiroq natijani beradi.

Hayotingizga biroz yumor va ajoyib his qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, bugun kechasi osmonga qarashni unutmang!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bugun osmonda noyob «tabassum» paydo bo‘ladi: ko‘rishni unutmang!