
Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi To‘rt-Gul qishloq okrugiga qarashli Qo‘shmolo tumanida qirg‘iz-tojik davlat chegarasida maxsus to‘siq o‘rnatish ishlariga start berildi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidentining Botken viloyatidagi maxsus vakili ma’lumotiga asoslanib, 24.kg nashri xabar tarqatdi.
Mazkur ishlar mintaqa uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan nuqtada — Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston davlat chegaralari tutashgan hududda boshlangan. Ushbu tadbirning boshlanishi munosabati bilan onlayn formatda o‘tkazilgan marosimda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ham ishtirok etdi.

Chegara hududida qurilish ishlarini samarali amalga oshirish maqsadida maxsus dala lageri qurilgan bo‘lib, hududga zarur texnika ham yetkazilgan. Shuningdek, bu yerda ish olib boradigan harbiy xizmatchilar uchun yashash va ishlashga qulay sharoitlar yaratilgan.
Ma’lum qilinishicha, dastlabki bosqichda umumiy uzunligi 420 kilometrni tashkil etuvchi tikanli simlar bilan to‘siq o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Ushbu ishlar 2025 yil oxiriga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qirg‘iz-tojik davlat chegarasini aniq belgilash (delimitatsiya) bo‘yicha ishlarning yakunlangani ma’lum qilingan edi. 2025 yilning 13 mart sanasida Bishkekda ikki davlat prezidentlari mazkur masala bo‘yicha ikki tomonlama muhim kelishuvni imzolagandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing