
AQSH Hukumat samaradorligi departamentiga (DOGE) rahbarlik qilib kelayotgan Ilon Mask mehnat vaziri Lori Chavesning hukumat moliyalashtirayotgan tashqi manbalar haqidagi hisobotini eshitib kulib yubordi.
“Biz 'Amerika oxirgi' tamoyili doirasida tashqi yordam dasturlarini bekor qilib, 250 million dollar tejadik. Bunga O‘zbekiston paxta sanoatidagi shaffoflik va hisobdorlikni moliyalashtirish kabi loyihalar ham kiradi. Bunday narsalarga bizning mablag‘imiz sarflanishi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Bilasizmi, bu xorijiy (yordamlar) haqida gap ketganda... DOGE'ga rahmat”, deydi.
Bu esa Tesla rahbarining kulgisiga sabab bo‘ldi.
“Ba’zi narsalar shu qadar bema’niki, ishonib bo‘lmaydi. O‘zbekiston paxta fermerlariga, bu xuddi komedik sahna ko‘rinishiga o‘xshaydi”, deydi Mask.
“Ha, ba’zi narsalar mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi”, deya javob bergan Chaves.
AQSH Mehnat vazirligi 38 million dollardan ortiq xorijiy yordam dasturlarini bekor qilgan edi, jumladan O‘zbekistonning paxta sanoatida shaffoflik va hisobdorlikni oshirishga qaratilgan loyiha uchun ajratilgan mablag‘ni ham. Bu qarorni mehnat vaziri Lori Chavez-DeRemer e’lon qildi.
“Mehnat vaziri sifatida birinchi kunimdanoq, Amerika ishchilarini birinchi o‘ringa qo‘yish vazirlikdagi asosiy ustuvor vazifamiz bo‘lishini va’da qilgan edim. Prezident Trampning ko‘rsatmasiga binoan, biz bu vazifani bajarishga darhol kirishdik. O‘tgan hafta vazirlik bir nechta xorijiy yordam grantlarini bekor qildi va natijada 38 million dollardan ortiq mablag‘ni tejadik”, degan edi Chaves-DeRemer X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan videomurojaatida.
O‘zbekiston qancha yordam olgan?
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, “O‘zbekiston paxta sanoatida shaffoflik va hisobdorlikni oshirish” loyihasi “xalqaro mehnat standartlariga rioya qilinishini targ‘ib qilish bo‘yicha ishchilar va ish beruvchilarning imkoniyatlarini kuchaytirish orqali O‘zbekiston paxta sanoatida mehnat sharoitlarini yaxshilash va majburiy mehnatning oldini olish”ni maqsad qilgan edi.
2022 yil avgust oyida boshlangan ushbu dastur dastlab 2026 yil dekabrigacha davom etishi belgilangan. 2022 yilda loyiha uchun 2 million dollar ajratilgan, 2025 yilda esa qo‘shimcha 1 million dollar ajratilishi rejalashtirilgan edi.
Ilon MaskAQSH HukumatO‘zbekiston paxtaMehnat vazirligiTashqi yordamShaffoflik va hisobdorlikXalqaro mehnat standartlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar