
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanovning agenti Gayrat Xasbiullin so‘nggi kunlarda ommaviy axborot vositalarida tarqalgan «Barselona» klubi qiziqishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
- «Barselona» prezidenti Joan Laporta men bilan bog‘lanmagan. Tomonlar o‘zaro muzokaralarga tayyormi? Rostini aytsam, men fantaziya qilishni xush ko‘rmayman», — deb qisqa va aniq izoh bergan futbolchining vakili.
Avvalroq, Ispaniya va Angliya matbuotida «Barselona» Abduqodir Husanovni sotib olish huquqi bilan ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov joriy mavsumda «Manchester Siti» tarkibida 6 marta maydonga tushdi. Uning shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
O‘zbekiston Milliy TermaManchester SitiAbduqodir HusanovGayrat XasbiullinBarselona QiziqishiTomonlar Muzokaralari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar