date
views 864

Zelenskiy Ukraina Rossiya bilan har qanday formatdagi suhbatga tayyorligini aytdi

Zelenskiy Ukraina Rossiya bilan har qanday formatdagi suhbatga tayyorligini aytdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan har qanday formatdagi muzokaralarga tayyorligini aytdi. Siyosatchi mamlakatga zarba berishni to‘xtatishga chaqirdi.

Zelenskiy 30 aprel kuni Ukraina hamkorlari bilan ko‘plab texnik, birinchi navbatda diplomatik ishlarni amalga oshirganini aytdi.

Yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar va muzokaralarga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Xavfsizlik — asosiy ustuvor yo‘nalish, dedi u.
Siyosatchi Luksemburg tashqi ishlar va mudofaa vazirlari bilan suhbatlashganini aytgan. Muzokaralarda Yevropadagi davlatlarning o‘zaro hamkorligi va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash muhokama qilingan. Tomonlar o‘t ochishni kamida 30 kunga to‘xtatish zarurligini ma’lum qilgan.

Zarbalarni to‘xtatish, qotilliklarni to‘xtatish va shundan so‘ng muzokaralar stolida yechim izlash kerak. Biz suhbatning har qanday formatiga tayyormiz. Rossiya zarbalar va urushni to‘xtatishi kerak, degan prezident.

29 aprel kuni Zelenskiy zudlik bilan 30 kunlik sulh taklif qilgan edi. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi istalgan sanadan boshlanishi mumkin bo‘lgan 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa bu masalada nyuanslarni hisobga olish muhimligini ta’kidlagan. Bundan avvalroq Rossiya yetakchisi Vladimir Putin G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan uch kunlik vaqtinchalik sulh e’lon qilgan edi. U 7 maydan 8 mayga o‘tar kechasi soat 00:00 dan 10 maydan 11 mayga o‘tar kechasi soat 00:00 gacha amal qiladi. Zelenskiy mazkur sulhni rad etgan va buni “manipulyatsiya” deb atagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Ukraina Rossiya bilan har qanday formatdagi suhbatga tayyorligini aytdi