date
views 273

Ronalduning ko‘zlarida so‘zsiz og‘riq: “Al-Nassr” mag‘lubiyati va qalb og‘rig‘i (video)

Ronalduning ko‘zlarida so‘zsiz og‘riq: “Al-Nassr” mag‘lubiyati va qalb og‘rig‘i (video)
Kecha bo‘lib o‘tgan Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finali nafaqat “Al-Nassr” jamoasi uchun, balki butun dunyodagi Krishtianu Ronaldu muxlislari uchun og‘ir kechdi. Saudiyaning yetakchi klublaridan biri o‘z uyida Yaponiyaning “Kavasaki Frontale” jamoasiga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ammo natijadan ham ta’sirlirog‘i – Ronalduning o‘yindan so‘nggi holati bo‘ldi.

"O‘yin tugadi, bir umid so‘ndi..."

Internetda tarqalgan kadrlarda portugaliyalik yulduzning so‘nggi daqiqalardagi ichki kurashi, ruhiy og‘rig‘i va charchoqi barchaga sezildi. To‘psiz holda uyga qaytayotgan futbolchi, gohida boshini ushlab, gohida ko‘zlari xiralangan holda maydonni tark etayotgani – barcha muxlislarni lol qoldirdi.

Ozarbayjon shoiri Rovshan Ramizning “Sen ketma” deb boshlanadigan she’ri esa ushbu lavhalarga uyg‘un holda tushirilib, videoga juda kuchli hissiyot bag‘ishladi. Muxlislar “bu she’r go‘yo Ronalduning qalbidagi o‘ylar edi” deya izoh qoldirishdi.

"Raqamlar yutib berolmadi..."

Ha, “Al-Nassr” safidagi yulduzlar jamoasiga qaramasdan, jamoa to‘psiz qoldi. Har qancha tijorat loyihalari, mashhur transferlar qilinmasin – natijani ehtiros, intizom va birdamlik hal etadi.

Ronalduning o‘zi o‘yinda bor kuchi bilan harakat qildi, jamoasini ilgari yetaklashga urundi. Ammo to‘p undan yuz o‘girdi. “Kavasaki” safidagi yapon futboli muhimi shunchaki g‘alaba emas, balki o‘yin madaniyati, samuraycha intizom va tinimsiz harakat orqali kelayotgan muvaffaqiyat ekanini isbotladi.

Sukutdagi fig‘on: Ronalduning g‘amli yuzi

Matbuotni titratgan, ijtimoiy tarmoqlarda virus kabi tarqalgan fotoqadrlardagi Ronaldu – endi mo‘jizalar kutayotgan yigit emas, balki barcha mo‘jizalarni amalga oshirgan va hozirda o‘ziga tasalliq izlayotgan inson edi. U bu mag‘lubiyatda endi o‘zini emas, jamoasini, muxlislarni, katta orzularni o‘ylardi.

“Kecha mag‘lub bo‘ldik... lekin Ronaldu hali mag‘lub emas!”

Bu mag‘lubiyat uni sindirmadi. Har bir so‘nggi qadam unga yangi g‘alabalarga intilish kuchi beradi. Chunki Ronalduning faoliyati – faqat trofeylardan iborat emas. U – g‘urur, mehnat va qarshiliklarga qarshi bo‘ysunmaslik timsolidir.

Siz nima deb o‘ylaysiz: Ronaldu yana porlaydimi? Uning futboldagi so‘nggi muhim g‘alabasi qaysi jamoa safida bo‘ladi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduning ko‘zlarida so‘zsiz og‘riq: “Al-Nassr” mag‘lubiyati va qalb og‘rig‘i (video)