
«Manchester Siti»ning portugaliyalik yulduzi Bernardu Silva mavsum oxirida jamoani tark etishga qaror qilgan. 30 yoshli hujumkor yarim himoyachi o‘z karyerasini Ispaniya grandlaridan biri – «Barselona»da davom ettirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Todofichajes nashri xabar berdi.
Aslida kataloniyalik klub Bernardu Silvani o‘z tarkibiga qo‘shib olishga avvaldan qiziqib keladi. Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishish uchun bir necha bor urinish qilgan, ammo moliyaviy sabablarga ko‘ra transfer amalga oshmagan edi.
Mutaxassislar Bernarduning amaldagi transfer narxini taxminan 55-60 million yevro atrofida baholamoqda. Ammo futbolchining «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2026 yilda yakunlanishini hisobga olgan holda, «Barselona» ushbu summani sezilarli darajada pasaytirishga harakat qiladi.
Bundan tashqari, «Barselona»ning moliyaviy Fair Play talablarini bajarishi uchun mavjud tarkibdagi futbolchilardan biri yoki bir nechtasini transfer qilishga ehtiyoj borligi aytilmoqda. Faqat shu holatdagina kataloniyaliklar portugaliyalik futbolchining transferini amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Bernardu Silva 2017 yildan buyon «shaharliklar» safida to‘p surib kelmoqda. So‘nggi vaqtlarda tanqidlar qurshovida qolgan portugaliyalik yarim himoyachi jamoa va muhitni o‘zgartirish orqali o‘z faoliyatida yangi sahifa ochishga umid qilmoqda.
Bernarduning «Barselona»ga o‘tishi ikki tomon uchun ham foydali bo‘lishi mumkin, chunki kataloniyaliklar ham yuqori darajali futbolchiga ehtiyoj sezmoqda. Ayni vaqtda bu transferning amalga oshishi borasidagi muzokaralar tez orada boshlanishi kutilmoqda.
Manchester SitiBarselonaBernardu SilvaTransfer NarxiKataloniyalik KlubFutbolchi Taklifi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar