date
views 205

Olimlar talabalar bo‘yi va o‘qishdagi muvaffaqiyat o‘rtasida qiziqarli bog‘liqlikni aniqladi

Olimlar talabalar bo‘yi va o‘qishdagi muvaffaqiyat o‘rtasida qiziqarli bog‘liqlikni aniqladi
AQSHlik olimlar katta tadqiqot olib borib, 500 ming nafar talabaning ma’lumotlarini tahlil qilish orqali insonlarning bo‘y uzunligi ularning akademik ko‘rsatkichlariga ta’sir qilishini isbotladi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, baland bo‘yli insonlar gumanitar va texnik fanlarda nisbatan yuqoriroq natijalarni ko‘rsatadi. Shuningdek, eng baland bo‘yli talabalar o‘zining pastroq bo‘yli tengqurlariga nisbatan ancha yaxshi baho olishgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, olimlar intellektual vazifalarni bajarishda bo‘yi baland bo‘lgan insonlar ancha samarali ekanini qayd etdi. Ularning fikricha, inson miyasining rivojlanishi ko‘p jihatdan bolalikdagi sog‘liq holati va yashash sharoiti kabi omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Olimlar keyinchalik sog‘liq, ovqatlanish va genetik xususiyatlarni ham tahlil qilib, ularni hisobdan chiqarib tashlagan holda kuzatuvni davom ettirdi. Biroq shunga qaramasdan, yana bo‘yi baland talabalar past bo‘yli talabalarga nisbatan yuqoriroq akademik natijalarga erishgani kuzatildi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bu holatning aniq sababi hali to‘liq o‘rganilmagan va olimlar kelgusida ham ushbu masalada yanada kengroq tadqiqotlarni olib borishni rejalashtirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar talabalar bo‘yi va o‘qishdagi muvaffaqiyat o‘rtasida qiziqarli bog‘liqlikni aniqladi