date
views 1 572

Amerikalik pensionerning 330 mln dollarlik bitkoini o‘g‘irlandi

Amerikalik pensionerning 330 mln dollarlik bitkoini o‘g‘irlandi
Kriptovalyutalar tarixi yana bir misli ko‘rilmagan o‘g‘rilik bilan boyitildi. Bu safar qurbonlik rolida AQSHda istiqomat qiluvchi yoshi katta inson bo‘ldi va u ajoyib miqdorda – 3520 ta bitkoindan ayrildi. Bu mablag‘ning umumiy qiymati esa 330 million dollarni tashkil etadi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu jinoyat ijtimoiy muhandislik yo‘li bilan amalga oshirilgan, ya’ni firibgarlar pensionerning ishonchiga kirib, uning kripto hamyoniga egalik qilish imkoniyatiga ega bo‘lganlar.

Jinoyatchilar pullarni qaytarib olish imkoniyatini maksimal darajada qiyinlashtirish uchun juda murakkab tizim orqali mablag‘larni bir nechta qismlarga bo‘lib, 300 dan ortiq kripto-hamyon va 20 ga yaqin kriptovalyuta birjalari orqali «yuvib ketishgan». Pullarning katta qismi esa butunlay kuzatib bo‘lmas va maxfiy hisoblangan XMR (Monero) tangalariga aylantirilgan.

Ekspertlar ushbu holatni kripto-jinoyatchilik tarixida eng yirik va izsiz o‘g‘irliklardan biri sifatida baholamoqda. Ularning fikriga ko‘ra, bunday holatlarda o‘g‘irlangan mablag‘ni qaytarib olish deyarli ilojsiz hisoblanadi.

Mazkur hodisa kripto-hamyon egalari va investorlar uchun yana bir jiddiy ogohlantirish bo‘ldi. Mutaxassislar kripto-valyuta bilan shug‘ullanuvchilarni o‘z hamyonlari xavfsizligini mustahkamlash va har qanday shubhali faollikka nisbatan juda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik pensionerning 330 mln dollarlik bitkoini o‘g‘irlandi
-->