15:43 / 23.03.2023
235

Turkiyalik uch yoshli bola superkar haydovchisiga aylandi (video)

Turkiyalik uch yoshli bola superkar haydovchisiga aylandi (video)

Foto: “Korrespondent.net”
Turkiyalik motopoygachi Kenan Sofuo‘g‘li uch yoshli o‘g‘li Zaynga poyga uchun mo‘ljallangan Ferrari mashinasini haydashni o‘rgatdi. U o‘g‘liga superkar haydashni o‘rgatish uchun haydovchi o‘rindig‘ini va pedal yig‘masini bolaga moslashtirdi.
 
Zayn dunyodagi eng yosh avtomashina haydovchisiga aylandi. Bolakay poyga trassasida 1 000 ot kuchiga ega Ferrari SF90 Stradale superkarini boshqaradi, mashina atigi 2,5 soniyada 340 km/soat tezlikka erishadi.
 
Kenan Supersport World Championship seriyasida besh marta chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Zayn ikki yoshida mashina va mototsikl haydashni o‘rgana boshlagan. Uning shlem va olovga chidamli kombinezoni bor, ushbu poygalar yopiq poyga yo‘lida o‘tkaziladi.
 
Yosh haydovchi konturdagi qiyin burilishlarni osongina bajara oladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo