18:17 / 10.02.2025
624

Daniyada Kaliforniyani trillion dollarga sotib olish uchun petitsiya boshlandi

Daniyada Kaliforniyani trillion dollarga sotib olish uchun petitsiya boshlandi
Foto: iStock
AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiya orolini Daniyadan sotib olish haqida bir necha bor gapirgandi. Daniyada bunga javoban AQShdan Kaliforniyani trillion dollarga sotib olish taklifi bilan petitsiya boshlandi, deb yozmoqda Daryo.

Petitsiya Denmarkification tashabbuskor guruhi tomonidan tayyorlangan. Kaliforniyaning afzalliklari sirasiga yil davomida issiq boʻlishi, texnologik mutaxassislar koʻpligi, AQShdagi avokadolarning 90 foizi u erda ishlab chiqarilishi kiritilgan. Petitsiya allaqachon 200 mingga yaqin imzo toʻplagan. Uning mualliflari Disneylend nomini “Hans Kristian Adersenlend” deb oʻzgartirishga va'da bermoqda.

Tramp nima uchun Kaliforniyani sotishi mumkin, degan savolga petitsiya mualliflari quyidagicha javob bergan:

Keling, ochigʻini aytaylik — Tramp Kaliforniyani unchalik xush koʻrmaydi. U Kaliforniyani “eng xarob shtat” deb atagan va yillar davomida uning rahbarlari bilan janjallashib kelgan. Ishonchimiz komilki, u muqobil narx evaziga undan voz kechishga tayyor boʻlardi, deyiladi izohda.

Xarid uchun mablagʻ yigʻish ixtiyoriy xayriyalar orqali taklif etiladi. Hozircha umumiy summadan qancha pul yigʻilgani noma'lum, biroq Kaliforniyaning Daniya tarkibiga kirishi haqidagi petitsiyani 200 mingga yaqin kishi imzolagan.

Tramp Kaliforniyani sotishi mumkin, chunki u haqida bir necha bor nojoʻya fikrlar bildirgan, deydi mualliflar.
AQSh prezidenti Grenlandiyani oʻzlashtirmoqchi

Tramp bir necha bor Grenlandiya AQSh tarkibiga kirishi kerakligini aytgandi. U orol milliy xavfsizlik va himoya uchun, jumladan, Xitoy va Rossiyadan himoyalanishda strategik ahamiyatga egaligini aytgan. Grenlandiya bosh vaziri Muke Egede bunga javoban orol “hech qachon sotilmaydi” deb javob bergan. Shu bilan birga, u orol Daniyadan mustaqillikka erishmoqchi ekanini tan olgan. U Tramp bilan ayrim masalalarni muhokama qilishga tayyor.

Bloomberg manbalariga koʻra, Tramp jamoasi Grenlandiya bilan qiziqishgan, chunki orolda elektron qurilmalarda ishlatiladigan oltin, olmos, uran va nodir metallarning katta zaxiralari mavjud. Qirollik AQSh prezidentining da'volari fonida Grenlandiya mudofaasiga 14,6 milliard krona (2,05 milliard dollar) sarmoya kiritishga qaror qildi. Mablagʻ vertolyot va dronlarni tashiy oladigan uchta yangi Arktika kemasiga sarflanadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo