![Chevrolet yana bir modelni ishlab chiqarishni toʻxtatmoqda](/uploads/posts/2025-02/6179a9788e_3614759414_34.webp)
General Motors kompaniyasi Shimoliy Amerika bozori uchun ichki yonuv dvigateli (IYoD) bilan jihozlangan Chevrolet Blazer ishlab chiqarishni yakunlaydi, deb xabar berdi GM Authority.
Avtomobil 2025-yilgi model yilidan keyin ishlab chiqarishdan chiqarilishi mumkin. Bungacha kompaniya xuddi shunday qarorni Cadillac XT5 va Cadillac XT6 modellariga nisbatan ham qabul qilgan edi.
Agar shunday boʻlsa, Shimoliy Amerika bozorida GM'ning ichki yonuv dvigateliga ega oʻrta oʻlchamli krossoverlari qolmaydi. Chevrolet Blazer'ning benzinli analogi sifatida Chevy Equinox taklif qilinishi mumkin, biroq uning dvigateli unchalik kuchli emas. Shuningdek, xaridorlarga elektr Chevy Blazer EV ham taqdim etiladi.
Hozirda Chevrolet Blazer Meksikaning GM Ramos Arizpe zavodida ishlab chiqarilmoqda. Jurnalistlarning xabariga koʻra, kelajakda bu zavod faqat elektromobillarni ishlab chiqarishga oʻtadi.
Chevrolet Blazer'ning ishlab chiqarilishi boshlanganidan buyon besh yil ichida uning savdosi 45% ga kamaydi (95 ming donadan 52,5 ming donagacha). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar