Freestyle Chess-2025. Abdusattorov Karlsenga yutqazdi, Sindarov esa...

Freestyle Chess-2025. Abdusattorov Karlsenga yutqazdi, Sindarov esa...
Xabaringiz bor, Germaniyaning Vaysenxaus shahrida "Freestyle Chess-2025" turniri boʻlib oʻtmoqda.

Unda hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov qatnashmoqda. Musobaqaning aylanma tizimi yakunlandi. Bugun chorak final birinchi oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

Javohir Sindarov amerikalik Hikaru Nakamura bilan bellashib, durang natija qayd etdi. Nodirbek Abdusattorov esa Magnus Karlsenga imkoniyatni boy berdi. Bundan tashqari, Vinsent Keymar Alireza Firuzjani, Fabio Karauna Gukeshni magʻlub etdi.

Eslatib oʻtamiz, mukofot jamgʻarmasi 750 ming dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnir 17 fevralga qadar davom etadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar