Rasman: Qozogʻistonlik futbolchi "Chelsi"ga oʻtdi

Rasman: Qozogʻistonlik futbolchi "Chelsi"ga oʻtdi
Hujumchi Dastan Satpayev faoliyatini Londonning "Chelsi" jamoasida davom ettiradi. Bu haqda Olmaota klubi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Rasman: Qozogʻistonlik futbolchi "Chelsi"ga oʻtdi
"Qayrat" va "Chelsi" 16 yoshli hujumchining transferi borasida kelishuvga erishgan. 2026 yilning yozida, balogʻat yoshiga yetganidan soʻng, u rasman ingliz klubiga oʻtadi. Ungacha Satpayev "Qayrat" safida oʻynashda davom etadi.

Dastan Olmaota shahrida tugʻilgan, 8 yoshida "Qayrat" akademiyasiga kirib, tayyorgarlikning barcha bosqichlaridan oʻtgan. 2024 yilning may oyida 15 yoshli Satpayev asosiy jamoada debyut qilgan "Qayrat" tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar