AQSh Adliya vazirligi Florida shtatida saylovchilarni roʻyxatga olish uchun soxta arizalar taqdim etganlikda ayblangan Oʻzbekiston va Rossiya fuqarolariga qarshi rasmiy ayblov e'lon qildi. Ular hibsga olingani haqida ma'lum qilindi.
Mazkur ishda 33 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi Sanjar Jamilov va 45 yoshli Rossiya fuqarosi Dmitriy Shushlebin ishtirok etgani aytilayapti. Tergov ma'lumotlariga koʻra, ular 2023 yil fevral va mart oylarida Pinellas okrugida saylovchilarni roʻyxatga olish uchun 132 ta soxta ariza topshirishga kelishib olgan.
Federal organlarning xulosasiga koʻra, taqdim etilgan hujjatlarda bir-biriga oʻxshash muhrlar, takroriy tugʻilgan sanalar, manzillar va ketma-ket ijtimoiy sugʻurta raqamlari aniqlangan. Bu esa hujjatlardagi soxtalikni koʻrsatadi.
Agar ayblovlar sud tomonidan tasdiqlansa, Jamilov va Shushlebin besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Tergovni AQSh pochta inspektsiyasi xizmati, Federal tergov byurosi (FBI) va Florida shtati huquqni muhofaza qilish organlari olib bormoqda.
Shuningdek, AQSh Immigratsiya va bojxona xizmati 2024 yil noyabr oyidagi hisobotida 975 nafar Oʻzbekiston fuqarosi deportatsiyaga uchrashi mumkinligini ma'lum qildi. Umumiy hisobda esa 1,4 milliondan ortiq noqonuniy muhojirlarni mamlakatdan chiqarish rejalashtirilgan. Hozircha ular hibsga olinmagan, ammo deportatsiya qilish haqida yakuniy qaror qabul qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar