Vetnamda 81 yoshli fermer Txay Ngok yashaydi, u soʻnggi marta 17 yoshida uxlagan, 1962 yilda bezgakka chalinganidan soʻng uyqusizlikka mubtalo boʻlgan, deb yozdi Lad Bible.
Na dori-darmon, na shifokorlarning koʻrsatmalari foyda berdi — Ngok hamma qatori mazza qilib uxlolmaydi.
«Boshqalar uxlayotganini koʻrib, havasim keladi. Toʻlin oy kechalari dalaga chiqib ketaman, hech nima qilmasdan oʻtirish — turgan-bitgani azob», — dedi Txay Ngok.
Umuman uxlamasligi va keksaligiga qaramasdan, fermer sogʻlom va baquvvat, 50 kiloli qoplarni toʻrt kilometrgacha charchamasdan eltadi. Biroq oilasi uning doimiy bedorligidan tashvishda.
Ayrimlarning taxminiga koʻra, Ngokning uyqusizlik kasalligi Vetnam urushi voqealari oqibatidagi posttravmatik zoʻriqish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Gʻayrioddiy hodisa shifokorlar uchun hanuz jumboqligicha qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar