“Real”ni birinchi boʻlib kim tark etishi ma'lum boʻldi

“Real”ni birinchi boʻlib kim tark etishi ma'lum boʻldi
Madridning "Real" klubi mavsum yakunlanishi bilan markaziy himoyachi Xesus Valyexo bilan xayrlashishga qaror qildi.

Garchi jamoada himoyachilarga ehtiyoj mavjud boʻlsa-da, bosh murabbiy Karlo Anchelotti ispaniyalik futbolchiga yetarlicha ishonch bildirmayapti. Italiyalik mutaxassis Valyexo oʻrniga tabiiy pozitsiyasi yarim himoya boʻlgan Orelyen Tchuamenini markaziy himoyada oʻynatishni afzal koʻrmoqda.
“Real”ni birinchi boʻlib kim tark etishi ma'lum boʻldi
Valyexo ham klub unga umid bogʻlamayotganini tushunib yetgan. U ijtimoiy tarmoqlarda mashgʻulotlaridan lavhalarni baham koʻrib, agar jiddiy oʻzgarishlar boʻlmasa, Madridni tark etishiga toʻgʻri kelishini anglatmoqda.

28 yoshli futbolchi 2015 yili "Saragosa" klubidan 5 million yevro evaziga "Real" safiga qoʻshilgan edi. Biroq shu vaqt mobaynida asosiy tarkibdan doimiy joy ololmagan. U faoliyati davomida "Ayntraxt", "Vulverxempton" va "Granada" klublarida ijarada oʻynagan.

Xesus Valyexoning "Real" bilan shartnomasi 2025 yil 30 iyun kuni yakunlanadi. Klub futbolchi bilan yangi shartnoma tuzmaslikka qaror qilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar