![Tramp 1 tsentlik tangalar zarb qilishni toʻxtatdi](/uploads/posts/2025-02/2c7adde094_1669194280_1594456_gif-url.webp)
AQSh prezidenti Donald Tramp moliya vaziri Skott Bessantga yangi 1 tsentlik tangalar chiqarishni toʻxtatishni buyurdi. Bu haqda Tramp oʻzining Truht Social ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida yozib qoldirdi.
«Qoʻshma Shtatlar juda uzoq vaqtdan beri penni (1 tsentlik tanga) zarb etib kelmoqda, ularning har biri tom ma'noda bizga ikki tsentdan ortiqqa tushmoqda. Bu katta isrofgarchilik!» — deydi Tramp byudjet mablagʻlarining maqsadsiz sarflanishini toʻxtatishga chaqirib.
Biznesmen Ilon Mask rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) yanvar oyida 1 tsentli tangani zarb qilishga uch tsentdan ortiq mablagʻ sarflanishini ma'lum qilgandi. DOGE ma'lumotlariga koʻra, AQSh zarbxonasi 2023-moliyaviy yilda 4,5 milliard penni chiqargan (jami tangalarning qariyb 40 foizi), bu esa soliq toʻlovchilarga 179 million dollarga tushgan.
AQSh zarbxonasi ma'lumotlariga koʻra, 2024 yilda 1 tsentlik tangani tayyorlash va tarqatishga 3,7 tsent sarflanadi. Oxirgi bir necha yil ichida penni zarb qilish bir necha barobarga qimmatlashgan — 2016 yilda 1 tsentlik tangalarni ishlab chiqarishga qariyb 1,5 tsent sarflangan. Oʻtgan yillar davomida tanga ishlab chiqarishda foydalaniladigan mis narxi ikki barobardan ortiqqa qimmatlashgan.
1 tsentlik tangalarni zarb qilish toʻxtatilgan taqdirda ham ular muomalada qoladi.
Federal amaldorlar va iqtisodchilar oldin ham AQShda 1793 yildan beri zarb qilib kelinayotgan 1 tsentlik tangalar ishlab chiqarilishini toʻxtatishga uringan. Ammo 1 tsentdan voz kechish serxarajat choraga aylanishi mumkin, chunki tranzaktsiyalar 5 tsentgacha boʻlgan qiymatda yaxlitlanadi.
Penni — zarb qilish oʻz nominalidan qimmatga tushadigan Amerikadagi yagona tanga emas. AQSh zarbxonasining ma'lum qilishicha, 2024 yilda 5 tsentlik tangalarni tayyorlash va tarqatishga qariyb 14 tsent sarflangan.
AQSh mis narxining oshishi tufayli oldin ham past nominalli tangalar zarb qilishdan voz kechgan. AQSh Kongressi 1857 yilda u qadar ommalashmagan yarim tsentlik tangalarni chiqarishni toʻxtatgan, shuningdek, mis sarfini kamaytirish maqsadida 1 tsentlik tanga hajmini kichraytirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar