
Seshanba kuni "Real" Chempionlar Ligasi doirasida "Manchester Siti" mehmoni boʻladi. Karlo Anchelotti yaqinda Antonio Ryudiger va David Alabaning jarohatidan soʻng markaziy himoyachi borasida qiynalmoqda.
"Mundo Deportivo"ning yozishicha, murabbiy yana ikkita pozitsiya - himoya qanotlari boʻyicha ham xavotirda. Fran Garsiya va Lukas Vaskesning “Atletiko”ga qarshi derbidagi oʻyinlari "Real" ustozini oʻylantirib qoʻydi. Bundan tashqari, Vaskes jarohat olib ham ulgurdi.
Federiko Valverde "Manchester Siti"ga qarshi oʻng qanotda oʻynashi kutilmoqda (urugvaylik futbolchi mavsum davomida bir necha bor bu pozitsiyada harakat qildi). Ferlan Mendi esa chap qanotda harakatlanishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, "Manchester Siti" – "Real" uchrashuvi 11 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar