Qur'onni yoqqan shaxsni oʻldirganlikda gumon qilingan shaxslar qoʻyib yuborildi

Shvetsiyada Qur'onni yoqish aktsiyasi tashkilotchisi, asli iroqlik Salvan Momika Stokgolm chekkasidagi uyida otib oʻldirilgan edi.
Shu ish boʻyicha gumon qilinib qoʻlga olingan besh nafar shaxs ozodlikka chiqarildi. Bu haqda 1 fevral kuni mamlakat prokuraturasi matbuot xizmati katta prokuror Rasmus Omanga asoslanib xabar berdi.
«Jinoyatni sodir etganlik boʻyicha gumonlar kuchini yoʻqotdi, bu odamlarni ortiq ushlab turishga boshqa sabab koʻrmayapman», — dedi Rasmus Oman. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing