!["Manchester Siti"ga qarshi oʻyindan oldin "Real"da jiddiy yoʻqotish](/uploads/posts/2025-02/c514292043_head_0.webp)
“Real Madrid” himoyachisi Lukas Vaskes “Atletiko Madrid”ga qarshi bahsdan soʻng jarohat olib, safdan chiqdi.
Xabaringiz bor, Ispaniya La Ligasining soʻnggi turida “qirollik klubi” Madrid derbisida ishtirok etib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Mazkur toʻqnashuv davomida ispaniyalik himoyachi 81-daqiqada zaxiraga olindi.
Klub Lukas Vaskesning chap son orqa qismidagi mushak jarohatini e'lon qildi. U 11 fevral kuni "Manchester Siti" bilan oʻyinda maydonga tushmaydi. Jurnalist Aranchi Rodrigesning xabariga koʻra, 33 yoshli futbolchi 2-3 haftani oʻtkazib yuboradi.
Bundan avval “qaymoqranglilar” himoyachilari hisoblangan Ryudiger va Alaba ham oʻzlarini noqulay his qilganliklari bois, bir necha uchrashuvlarni oʻtkazib yuborishga majbur boʻlishgan edi. Shu bilan birga, klubning asosiy futbolchilari Dani Karvaxal va Eder Militao ham jamoaga yordam bera olishmaydi.
Ma'lumot oʻrnida, “Real Madrid” navbatdagi uchrashuvini Evropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichi doirasida “Manchester Siti” bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuv 11 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Vaskes joriy mavsum La Liga doirasidagi 19ta oʻyinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar