13:50 / 10.02.2025
157

Yaponiyada an'anaviy bekinmachoq oʻyini uchun 100 nafar ishtirokchi kerak

Yaponiyada an'anaviy bekinmachoq oʻyini uchun 100 nafar ishtirokchi kerak
Yaponiyaning Bekinmachoq assotsiatsiyasi fevral oyi oxirida 100 dan ortiq ishtirokchi bilan katta oʻyin oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Oʻyin oʻtkaziladigan joy sifatida Hokkaydo prefekturasining Shakotan yarimorolida joylashgan kichik Shakotan qishlogʻi tepaliklari tanlangan. Qishloqda qish juda sovuq oʻtadi — sanoqli kunlardagina kunduzi harorat 1 darajaga koʻtariladi. Hududning aksariyat qismi doimiy qalin qor ostida boʻladi. Qishloqda atigi 2200 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Yaponiya Bekinmachoq assotsiatsiyasi bu oʻyinni tez-tez oʻtkazib keladi, masalan kuzda ushbu oʻyin Nagasakidagi kimsasiz orolda tashkillashtirilgan. Oʻtgan yili qishda ham bekinmachoq qor ostida oʻtkazilgan.

Ayni paytda tashkilot 2025 yilgi oʻyinda qatnashishni istagan 100 nafar ishtirokchini qidirmoqda. Bu yilgi oʻyin 23 fevralga rejalashtirilgan, oʻsha kuni harorat -5-10 darajagacha tushishi mumkin. Assotsiatsiyadagilar ta'kidlashicha, ishtirokchilar issiq kiyimda boʻlishi kerak. 6 yoshdan oshgan barcha koʻngillilar unda ishtirok etishi mumkin, oʻtgan yili eng keksa ishtirokchi 60 yoshda boʻlgan.

Oʻyinning mohiyati yashirinishdan iborat boʻlsa-da, ishtirokchilar boʻronda yoʻqolib qolmasligi uchun ba'zi ehtiyot choralari koʻrilgan.

Oʻyinda qatnashish uchun chipta sotib olish kerak. Odamlarni qidirishga avvalgi bekinmachoq oʻyinlarida gʻolib boʻlganlar, Antarktikada tajriba orttirgan tadqiqotchilar va Yaponiya oʻzini oʻzi mudofaa qilish kuchlari xodimlari jalb qilinadi.

Oʻyin shartlari odatiy bekinmachoqdan biroz farq qiladi. Unda ishtirokchilar uzoq vaqt yashirinishi kerak emas, balki oʻyin boshlanganidan keyin uch daqiqa ichida qidiruvchilarga koʻrinmay bazaga qaytib kela olishi kerak. Oʻyin bir necha raundlardan iborat boʻladi.

Tadbir 12:45 dan 16:00 gacha davom etadi. Ishtirokchilar tush paytida mahalliy jamoat markazida toʻplanadi, soʻng birgalikda oʻyin oʻtkaziladigan joyga boradi. Oddiy chiptalar kattalar uchun 3000 iyena (19 dollar), bolalar uchun 1500 iyena turadi. Bundan tashqari, yoshidan qat'i nazar, xohlovchilarga 15000 iyenalik 16 ta chipta ham mavjud. U yotoqxonada tunash, mahalliy issiq buloq va saunadan foydalanish hamda ziyofatni oʻz ichiga oladi. Chiptalarni ushbu saytda onlayn buyurtma qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo