![Facebook asoschisi Mark Sukerberg uchinchi marta ota bo‘ldi](https://daryo.uz/static/nasiba/photo_2023-03-25_13-25-13.jpg)
Foto: “Lisa.ru”
Mark Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla Channing oilasida uchinchi farzand dunyoga keldi. Juftlik qiziga Aureliya deb ism qo‘ygan. Sukerberg bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
“Dunyoga xush kelibsan, Aureliya Chan Sukerberg. Sen juda kichik ne’matsan”, — deb yozgan Mark ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga.
U bo‘lajak rafiqasi bilan 2003 yilda tanishgan. Biroq Facebook asoschisi Prissilla bilan oradan 9 yil o‘tib, ya’ni 2012 yilda turmush qurishga qaror qildi. tadbirkor tugunni faqat 2012 yilda bog‘ladi. Juftlikning Aureliyadan tashqari Avgust va Maksima ismli qizi bor.
Ma’lumot uchun, Sukerberg ilk bor 2008 yilda, Facebook ijtimoiy tarmog‘iga asos solganidan atigi to‘rt yil o‘tib milliarderga aylandi. 23 yoshida u o‘sha paytdagi eng yosh milliarder edi va 1,5 milliard dollar boyligi bilan Forbes 400'da 321-o‘rinni egallagan. 2011 yilga kelib esa Sukerbergning boyligi qariyb 12 barobar o‘sdi va 17,5 milliard dollarga yetdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar