20:01 / 08.02.2025
4 085

Debyut golini urgan Abduqodir Husanovning oʻyini qanday baholandi?

Debyut golini urgan Abduqodir Husanovning oʻyini qanday baholandi?
Bir oz oldin "Manchester Siti"ning Angliya Kubogi doirasidagi "Leyton Oriyent"ga qarshi uchrashuvi yakuniga etdi. Unda "shaharliklar" mehmonda 2:1 hisobida zafar quchdi va keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Pep Gvardiola Abduqodir Husanovni oʻyinning 46-daqiqasida Vitor Reys oʻrniga maydonga tushirdi. Quvonarlisi, "Siti"ning birinchi goli aynan Abduqodir Husanov hisobiga yozildi – 56-daqiqada Riko Lyuisning zarbasidan keyin toʻp yoʻl-yoʻlakay Husanovga tegib, darvoza toʻridan joy oldi.

79-daqiqaga kelib esa jamoa sardori Kevin De Bryuyne katta sahnaga chiqib, jamoasining muhim gʻalabasini ta'minlovchi golni kiritishga muvaffaq boʻldi.

Shu tariqa Husanov APLda gol urgan ilk oʻzbekistonlik futbolchi sifatida tarixga kirdi va jamoa tarkibidagi ikkinchi oʻyinida ham gʻalabani tantana qildi.

FlashScore portali Abduqodir Husanov Niko O'Rayli va Kevin De Bryuyne bilan bir qatorda e'tirof etib, 7,9 ballga loyiq koʻrdi.

SofaScore portali esa Abduqodir Husanovga 7,8 ball qoʻyib, "Manchester Siti"ning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb topdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Debyut golini urgan Abduqodir Husanovning oʻyini qanday baholandi?