![Lyuis Abduqodir haqida: "Husanov bugun gol urganidan xursandman"](/uploads/posts/2025-02/2e3beb045c_image-8b57294f-d223-40d5-853b-69acff6a54ef-85-2560-1440.webp)
"Manchester Siti" futbolchisi Riko Lyuis Angliya kubogi doirasida "Leyton Oriyent"ga qarshi oʻyinda (2:1) jamoadoshi Abduqodir Husanovning gol urgani haqida fikr bildirdi.
Uchrashuvning 56-daqiqasida Lyuis jarima maydoni tashqarisidan darvoza tomon zarba yoʻllagan, Abduqodir Husanov esa toʻp yoʻnalishini oʻzgartirib, gol muallifiga aylangan edi.
"Gol rasman Husanovga yozilgani va bu adolatli boʻlgani men uchun xursandchilik. Uning nomidan mamnunman, chunki "Manchester Siti"ga kelganidan buyon ogʻir startni boshidan kechirdi. Bugun esa maydonga tushib, oʻzini yaxshi koʻrsatdi. U oʻyinni tartibli nazorat qildi va uzun paslar bilan yaxshi ishladi.
Agar shunday imkoniyatlar yana yuzaga kelsa, unga assist berishga tayyorman. Undan faqat xursandman", — dedi Riko Lyuis.
Manba: mancity.com “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar