Bryus Uillis tildan qoldi va oila a'zolarini taniy olmayapti

1 daqiqa o'qish19.2K
Bryus Uillis tildan qoldi va oila a'zolarini taniy olmayapti
2022 yil boshida frontotemporal dementsiya (FTD) tashxisi qoʻyilgan Gollivud aktyori Bryus Uillisning sogʻligʻi yomonlashgani aytilmoqda, deb yozmoqda Daryo nashri.

Bu dementsiyaning erta boshlanishiga olib keladigan neyrodegenerativ kasallik boʻlib, 70-75 foiz hollarda 40 yoshdan 65 yosh oraligʻida kuzatiladi. Statistik ma'lumotlarga koʻra, FTD barcha dementsiya holatlarining 20 foizi​​ni tashkil qiladi. Uni davolab boʻlmaydi, bemor oxir-oqibat tildan qolish, mantiqiy fikrlash va mustaqil harakat qilish qobiliyatini yoʻqotishi mumkin.
Bryus Uillis tildan qoldi va oila a'zolarini taniy olmayapti
Foto: Lisa.ru
Ma'lumotlarga koʻra, aktyorning ahvoli kundan kunga yomonlashib bormoqda. Endi u boshqa oʻqiy olmaydi va umuman soʻzlasha olmaydi ham. Oilasi uni qoʻllab-quvvatlash uchun aktyor bilan koʻproq vaqt oʻtkazishga harakat qilmoqda. Vaqti-vaqti bilan ijtimoiy tarmoqlarda uning sogʻligʻi haqida ma'lumotlar ham berib borishyapti.
Bryus Uillis tildan qoldi va oila a'zolarini taniy olmayapti
Bryus Uillis qizi bilan
Foto: Lisa.ru

2022 yilning mart oyida aktyor Bryus Uillisning oila a'zolari uning ijodiy faoliyati yakuniga yetgani, Gollivud yulduzida afaziya — bosh miya qobigʻi shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan nutq buzilishi aniqlanganini ma'lum qilgan edi.

Dementsiya dahshatli neyrodegenerativ kasallik boʻlib, hech kimni ayamaydi. Hozirda Bryus sobiq xotinini tanimasa ham, xayriyatki, hali ham xotini Emma va uning bolalarini taniydi. Aktyorning oila a'zolari — rafiqasi Emma Xemming, qizlari va hatto sobiq rafiqasi Demi Mur hamisha uning holidan xabar olib turadi.

Avvalroq Bryus Uillis xastaligiga qaramay, uzoq vaqtdan beri birinchi marta omma oldida koʻrinish berdi. U Los Anjelesdagi yongʻinlarga qarshi kurashayotgan qutqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash uchun hodisa joyiga keldi. Aktyor jabr koʻrganlarning qoʻllarini jimgina silkitdi, lekin shuning oʻzi ham aholi uchun katta bir taskin edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?