06:00 / 09.02.2025
252

Alisher Usmonov Germaniyaning mashhur gazetasiga qarshi sudda yutib chiqdi

Alisher Usmonov Germaniyaning mashhur gazetasiga qarshi sudda yutib chiqdi
Germaniyaning Hamburg hududiy sudi Tagesspiegel nashriga tadbirkor Alisher Usmonov haqida asossiz ma'lumotlarni tarqatishni taqiqladi. Xususan, uning aktivlarni noqonuniy yoʻllar bilan sotib olgani haqidagi da'volar sud tomonidan rad etildi.

EU Today nashrining xabar berishicha, mazkur ayblovlar Evropa Ittifoqi tomonidan Usmonovga nisbatan joriy etilgan sanktsiyalarni oqlash uchun ishlatilgan va Germaniyada unga qarshi tergov ishlari boshlanishiga sabab boʻlgan.

Gap 2024 yil noyabr oyida Andrey Popov tomonidan yozilgan va Tagesspiegel nashrida chop etilgan maqola haqida ketmoqda. Milliarderning advokatlari nashrga rasmiy murojaat yoʻllagan, shundan soʻng maqola saytdan olib tashlangan, biroq undagi da'volarni kelgusida takrorlamaslik haqidagi talabga rioya qilinmagan. Natijada, Usmonov sudga da'vo arizasi kiritdi va uning talabi qanoatlantirildi.

Sud Tagesspiegel nashriga Usmonov Rossiya hukumati bilan "xizmat va hamkorlik evaziga" noqonuniy ravishda mol-mulk orttirgani haqida xabar berishni taqiqladi. Shuningdek, tadbirkorning Tegernzeye koʻlidagi koʻchmas mulk va "Dilbar" yaxtasiga egaligi haqidagi ayblovlar ham isbotlanmagan deb topildi. Sud Usmonovning Bavariyada yashaganini da'vo qilish shaxsiy huquqlarni buzishga teng ekanini ta'kidladi.

Shuningdek, sud Forbes jurnali va Germaniyaning Tegernseer Stimme hamda ARD telekanaliga nisbatan ham Usmonovga oid bir qator da'volarni asossiz deb topib, ularni tarqatishni taqiqlagan.

Tadbirkorning matbuot kotibi mazkur qarorni "Evropa Ittifoqi rasmiylarining shaxsiy sanktsiyalarni qoʻllashdagi ziddiyatli yondashuvining yana bir isboti" deb baholadi. Usmonovning advokati Yoaxim Shtaynxofel esa sud qarorini "muhim gʻalaba" sifatida qayd etdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo