![FIFA transfer rekordini e'lon qildi: Husanovning ham hissasi bor!](/uploads/posts/2025-02/5b3100d5de_2f9c163c40bd97db.webp)
Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi – FIFA yaqinda yakunlangan qishki transferlar davrida amalga oshirilgan kelishuvlarning umumiy summasini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Sports.uz nashri.
Jahonda futbolni rivojlantirishga mas'ul boʻlgan nufuzli tashkilot ekspertlari hisob-kitoblariga koʻra, yanvar oyida futbol klublari jami 5863 ta transferni rasmiylashtirdi.
Bu oldi-berdilarning umumiy summasi 2,35 milliard AQSh dollarini tashkil qildi. Xarajatlarning bu koʻrsatkichi qishki transferlar davri uchun yangi rekord hisoblanadi.
Shuningdek, futbolchilarning koʻchishlari soni ham rekord darajaga etganini alohida ta'kidlash lozim.
Yanvar oyida eng koʻp xarajat qilgan Angliya klublari boʻldi. Zamonaviy futbol vatanidagi klublar yangi oʻyinchilar uchun 621,6 million dollar miqdorida mablagʻ sarfladi.
Serxarajat ligalar reytingi quyidagicha koʻrinish oldi:
- Angliya klublari ($ 621,6 mln)
- Germaniya klublari ($ 295,7 mln)
- Italiya klublari ($ 223,8 mln)
- Fransiya klublari ($ 209,7 mln)
- Saudiya Arabistoni klublari ($ 202,1 mln).
Ekspertlar Evropa futbolida shov-shuvli transferlar boʻlganini ham ta'kidlamoqda. Unga koʻra, Xvicha Kvarasxeliyaning “Napoli”dan PSJGa, Abduqodir Husanovning “Lans”dan “Manchester Siti”ga, Jon Duranning “Aston Villa”dan “An-Nasr”ga oʻtgani eng sensatsion transferlardan boʻldi.
Oʻzbekistonlik futbol ishqibozlari esa, Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga oʻtishi yanvar oyining eng qimmatbaho transferlari reytingiga kiritilganiga ham e'tibor qaratdi.
2025 yilning eng qimmat transferlar oʻnligi quyidagicha koʻrinish oldi:
- Jon Duran — “An-Nasr”ga oʻtdi, € 77 mln.
- Umar Marmush — “Manchester Siti”ga oʻtdi, € 75 mln.
- Xvicha Kvarasxeliya — PSJga oʻtdi, € 70 mln.
- Niko Gonsales — “Manchester Siti”ga oʻtdi, € 60 mln.
- Xavi Simons — “RB Leyptsig” oʻtdi, € 50 mln.
- Galeno — “Al-Ahli”ga oʻtdi, € 50 mln.
- Abduqodir Husanov — “Manchester Siti”ga oʻtdi, € 40 mln.
- Viktor Reys — “Manchester Siti”ga oʻtdi, € 37 mln.
- Luis Enrike — “Zenit”ga oʻtdi, € 33 mln.
- Santyago Ximenes — “Milan”ga oʻtdi, € 32 mln. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar