"Leyton Oriyent" hamda "Manchester Siti" oʻrtasida Angliya Kubogining 4-raundi oʻtkazilmoqda.
Pep Gvardiola shogirdlari 3-divizion vakiliga qarshi 1-bo‘limni juda omadsiz o‘tkazishdi. Mezbonlar 16-daqiqada uzoq masofadan zarba yo‘llagach, to‘p «Siti» darvozaboni Ortegaga tegib, darvozadan o‘rin oldi – 1:0.
Birinchi bo‘limning o‘zida debyutant Niko Gonsales jarohat olib maydonni tark etgan bo‘lsa, bo‘limni yomon o‘tkazgan yana bir debyutant himoyachi Vitor Reys tanaffusda o‘rnini Abduqodir Husanovga bo‘shatdi.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan o‘zbekistonlik himoyachi o‘yinda burilish yasay oldi. 56-daqiqada Luisning zarbasidan keyin to‘p Abduqodirga tegib, darvozadan o‘rin oldi – 1:1. Bu Husanovning debyut goliga aylandi.
"Leyton Oriyent" - "Manchester Siti" 1:1
Leyton Oriyent – Kili, Karri, Xepp, Simpson, Djeyms, Braun, Gelbreyt, Djayesimi, Donli, Perkins, Kelman.
Manchester Siti – Ortega, Ruben Diash, Reys, O`Rayli, Lyuis, Gyundogan, Niko Gonsales, Grilish, Makati, Savio, Marmush.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar