07:49 / 09.02.2025
2 138

Mbappe shu ishi bilan Messi va Ronalduni ortda qoldirdi...

Mbappe shu ishi bilan Messi va Ronalduni ortda qoldirdi...
Ispaniya chempionatining 23-turi markaziy uchrashuvida Madridning ikki grandi – “Atletiko” va “Real” oʻzaro toʻqnashdi.

Uchrashuvda gʻolib aniqlanmadi. Birinchi boʻlimda Xulian Alvaresning penaltidan urgan goliga oʻyinning ikkinchi yarmida Kilian Mbappe javob qaytarib, mezbonlarni magʻlubiyatdan qutqarib qoldi.

E'tiborli jihati shundaki, bu gol 26 yoshli fransiyalik hujumchining 500-samarali harakati boʻldi.

Ekspertlari jahon futbolida eng koʻp gol urgan futbolchilar – Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi 26 yoshida gol+pas boʻyicha qanday natija qayd etganiga e'tibor qaratishdi.

Ma'lumotlarda qayd etilishicha, Messi 26 yoshida 486 ta samarali harakatni amalga oshirgan ekan. Bu borada Ronalduning koʻrsatkichi ancha past. Portugaliyalik yulduz 26 yoshida gol+pas boʻyicha 302 ball toʻplagan.

Demak, nazariy jihatdan Kilian Mbappe faoliyatining oxirigacha qadar toʻpurarlik va assistentlikda “Oltin toʻp”ni eng koʻp yutgan bu ikki yulduzdan oʻzib ketishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport