![“Manchester Siti” muxlislari: Shu yigit zoʻr futbolchi, deb aytgandim-a!](/uploads/posts/2025-02/f807c440eb_2f9c163c40bd97db.webp)
Abduqodir Husanov “Manchester Siti” muxlislarining mehrini qozonishi uchun bitta uchrashuv kifoya qildi. Debyut oʻyini “Chelsi”ga qarshi bahsga toʻgʻri kelgan va golga sababchi boʻlgan legionerimiz Angliyadagi ilk sinov unga salbiy ta'sir qilmagani, aksincha, irodasini toblaganini koʻrsatdi.
Xosep Gvardiola shogirdlari Angliya kubogi 1/16 finalida quyi liga vakili “Leyton Oriyent”ga roʻbaroʻ boʻldi.
Bu uchrashuv ham “shaharliklar” uchun oʻta omadsiz boshlanib, darvozabon Shtefan Ortega 16-daqiqada oʻz darvozasiga toʻp kiritib qoʻydi. Birinchi boʻlimni boy bergan Xosep Gvardiola tanaffusdan keyin darrov maydonga markaziy himoyachilar – Jon Stounz va Abduqodir Husanovni tashladi.
Abduqodir 56-daqiqada toʻp kiritib, jamoasini sharmandali magʻlubiyatdan qutqardi. Gʻalaba golini Kevin de Bryuyne urdi – 2:1.
Ayni paytda “Manchester Siti”ning butun dunyo boʻylab tarqalgan muxlislari Abduqodir Husanov oʻyiniga oʻz munosabatlarini bildirmoqda.
Sports.uz portali futbol ishqibozlari e'tiboriga legionerimiz haqida “Manchester Siti”ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida bildirilayotgan fikr-mulohazalarni havola etadi.
Abdelrhman Mustafa:
Abduqodir Husanov xatosini toʻgʻrilay oldi. Gap yoʻq!
Trône Dan:
Iqtidorli oʻyinchi ekani bilindi, endi koʻproq oʻyin amaliyoti berish kerak.
Mohamad Anis:
Nihoyat, shu yigitning tabassumini koʻrdik.
Unusual Bae:
Ajoyib debyut gol bilan tabriklaymiz. Oʻynamasa sogʻinib qoladigan boʻldik.
Bismark Aboagye:
Qahramonlik koʻrsatishda davom et, Abduqodir!
STATISTICS BET:
Shu yigit zoʻr futbolchi, deb aytgandim.
Ashley Nicole:
Husanov bugun oʻz vazifalarini a'lo darajada uddaladi. Bu yigit oʻz kuchini yaxshi biladi, shekilli.
Abir Hossain:
Salohiyati yuqori ekani shundoq bilinib turibdi.
Tsitsi Precious Chikungwa:
Husanovning himoyalanish qobiliyati Akanjinikidan ancha ustun ekan.
Sheldon Achanga:
Barcha futbolchilar orasida Husanov koʻproq yoqdi.
Chan Sultan Matwic:
Akanjidan kuchli ekan.
Mca Johntyz:
Abduqodir bizga qarzini qaytardi. Shu yigitni qoʻllab-quvvatlaylik.
Sane Omosh Austino:
Husanovning bir oʻzi Akanji, Ortega va yana bir nechtasini qoʻshib hisoblaganda ham ulardan zoʻr ekan!
Vladislav Grechixin:
Abduqodirning oʻziga ishonchi koʻrinib turibdi. Shunday davom et.
Musaib Bhat:
Bugungi oʻyiniga qarab, kelajakda dunyodagi eng zoʻr markaziy himoyachi boʻlishiga ishondim. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar