![Bojxonada 2 mln rubldan ortiq pullarni yashirincha olib chiqayotganlar fosh etildi](/uploads/posts/2025-02/cf3b8d73ac_opbfulowivlm5made-oy4khnr7pdzwyu.webp)
Foto: Bojxona qoʻmitasi
Toshkent viloyatida joylashgan “Farhod” chegara bojxona posti orqali 2 mln rubldan oshiq pullarni yashirib olib chiqayotganlar fosh etilgan. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, qoʻshni davlatga chiqib ketayotgan ikki nafar yoʻlovchi bojxona nazoratidan oʻtayotgan vaqtida oʻz hatti-harakatlari bilan bojxona xodimlarining e'tiborini tortgan.
Shundan soʻng shubhali harakatlar qilgan yoʻlovchilar belgilangan tartibda shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilgan. Koʻrik davomida fuqaroning choʻntagida ogʻzaki soʻrovda ma'lum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan 1 mln 460 ming, ikkinchi yoʻlovchida 730 ming Rossiya rubli borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar