21:18 / 30.01.2025
259

Aktrisa Melisa Asli Pamuk ilk marta ona boʻldi (foto)

Aktrisa Melisa Asli Pamuk ilk marta ona boʻldi (foto)
Turkiyalik aktrisa va model Melisa Asli Pamuk onalik baxtiga erishdi — joriy yil 29 yanvar kuni u oʻgʻil farzandli boʻldi. Bu haqda aktrisaning turmush oʻrtogʻi — frantsuz futbol jamoasi oʻyinchisi Yusuf Yaziji oʻzining Instagram sahifasida e'lon qildi.

Foto: Instagram
Surat ostida Yaziji “Tugʻilgan kunim uchun eng yaxshi sovgʻa” deya izoh qoldirdi.

Oʻzbek tomoshabinlariga “Sevgi iztirobi” serialidagi Asu obrazi bilan yaxshi tanish aktrisa 2024 yilning may oyida turmushga chiqdi. Oradan toʻrt oy oʻtib juftlik farzand kutayotgani ma'lum boʻldi.

Foto: Instagram
Paparatsilar uning soʻnggi kunlarda toʻlishgan holatdagi suratlarini olishga muvaffaq boʻlgach, aktrisa xushxabar bilan shaxsan boʻlishishga qaror qilgandi.

Foto: Instagram
Ma'lumot uchun, Melisa Asli Pamuk 1991 yil 14 aprelda Niderlandiyaning Xarlem shahrida tugʻilgan. Uning oilasi asli Turkiyaning Iskenderun shahridan. Melisa 2011 yilda “Turkiya goʻzali” tanlovida gʻolib boʻlgan. Shundan soʻng modelga turli rejissyorlardan takliflar kelib tushgan.

Uning debyut roli “Osmondagi sevgi” (“Yer Gök Aşk”) loyihasidan boshlangan. Soʻng “Sevgi iztirobi” (“Kara Sevda”) serialida Asu, “Kurt Seyt va Aleksandra” (“Kurt Seit ve Şura”)da Ayshe, “Toʻqnashuv” (“Çarpışma”) serialida Jemre obrazlarini gavdalantirgan.

“Sevgi iztirobi” serialidan lavha
Melisa Asli Pamuk turmush oʻrtogʻidan olti yosh katta. Yusuf Yaziji 2024 yil sentyabr oyida Gretsiyaning “Olimpiakos” klubiga oʻtgan. Shuningdek, hozirda futbolchi Turkiya milliy terma jamoasida ham hujumchi sifatida faoliyat yuritmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo