00:30 / 02.05.2023
924

Tarix takrorlanmoqda: Turkiya sulton Abdulhamid davridagi kabi tanlov qarshisida!

Tarix takrorlanmoqda: Turkiya sulton Abdulhamid davridagi kabi tanlov qarshisida!
Abdulhamidxon rahimahullohning vafotidan keyin turklar undan ham yaxshiroq hukmdor keladi, deb o‘ylashgan edi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlari rahbarlarining unga nisbatan g‘arazi, da’vosi bo‘lgan. Ular uning shaxsiyatiga qarshi bo‘lishdi, u haqida har xil mish-mishlar tarqatishdi. Usmonli xalqini aldab, chuv tushirishga muvaffaq bo‘lishdi. Afsuski, Abdulhamidxon o‘limidan keyin vaziyat battar bo‘ldi. Ulkan musulmon mamlakati 48 ta bo‘lakka parchalanib ketdi. Dushmanlar bu davlatlarni iqtisodiy, siyosiy va diniy jihatdan mustamlakaga aylantirishga zo‘r berishdi.
 
O‘sha davrdan beri turk xalqi ikki toifaga bo‘lingan. Ulardan ba’zilari Yevropa qadriyatlari va madaniyati bilan yashaydi. Chunki ular Turkiyaning aynan Yevropa bilan bir xil bo‘lishini va’da qilishgan. Ammo bu toifa uzoq davom etmadi, G‘arb ularga aslo o‘z huquqini bermasligini, ularga faqat qaram bo‘lib qoladigan xizmatkorlar kerakligini, G‘arb har qanday qarorlarni ularning ruxsati va roziligisiz qabul qilishi mumkinligini anglab yetgan yana bir guruh odamlar yetishib chiqdi. Shuning uchun bu guruh o‘z oldiga dunyoviylik tamoyilidan voz kechmaydigan, ayni paytda G‘arbga to‘liq bo‘ysunmaydigan, erkinroq mamlakat yaratishni maqsad qildi.
 
Ikkinchi toifa odamlar davlatning mustaqil siyosati, barqaror iqtisodiyoti, va mustahkam madaniyati bo‘lmasa, hech qanday erkinlikka erisha olmasligini tushunishgan. Buning uchun ular iqtisodiyot, siyosat va madaniyatni  rivojlantirish uchun 700 yildan ortiq tarixga ega xalqining dinini asos qilib olishdi. Biroq, bu odamlar 70 yil davomida tashqi dunyo hukmdorlari tomonidan jazolanib kelishgan. Bularni doimo birinchi guruhning qo‘llari bilan jazolashdi. Ana shu birinchi guruh (G‘arbdagi og‘alarining topshirig‘i bo‘lgan) shunday dushmanona ishlarni qoyillatib uddalashgani evaziga mukofot sifatida hokimiyat kursisida qolishlari uchun 100 foizlik qo‘llov olishdi. Bu yo‘lda Menderes, Erbaqon kabilarni osishdi, qamashdi...
 
Bugungi (hokimiyat uchun kurashayotgan) ikki guruhga kelsak, birinchisi G‘arb qadriyatlari va madaniyatiga chuqur ishonadi va o‘sha ruhda tarbiyalangan.
 
Birinchi guruh odamlari uchun G‘arbdan aytilgan har bir so‘z muqaddasdir. Boshqalar tomonidan ularga nima taklif qilinsa ham, u toki G‘arbning e’tiqod va qadriyatlariga mos kelmasa, qabul qilmaydilar. Turkiya o‘zining iqtisodiyoti va siyosati bilan dunyoning eng ilg‘or davlatlaridan biriga aylansa ham, baribir rozi bo‘lishmaydi. Chunki bu aqida, ishonch masalasi. 70 yil davomida G‘arb tarbiyasida o‘sgan kishilar o‘z yurtlarini shu begona qadriyatlarsiz  qabul qila olmaydilar. Bunday odamlar davlat tuzilmalarining eng pastidan boshlab, eng yuqori lavozimlargacha bo‘lgan pog‘onalariga joylashib olgan. Yoki ular xohlagan narsa bo‘lishi kerak yoki o‘lim! Bundaylar aholining taxminan 15% ni tashkil qiladi.
 
Ikkinchi guruh – avvalboshdan G‘arb madaniyati bilan kelishmaydigan va hur hayotni xohlaydiganlar. Ularning o‘z dini, o‘z madaniyati bor va ular o‘z erkinligi, o‘z madaniyatiga ega chiqish istagida. Xuddi buyuk davlatlar kabi. Ular kimningdir boshqaruvi ostida bo‘lishni xohlamaydilar. Ular buyuk davlatlar bilan teng bo‘lishni istashadi. Agar dunyoda beshta davlat boshqarsa, ular oltinchi bo‘lish niyatida. Yoki beshinchi o‘rinni egallashlari ham mumkin. Bu ularning rejalari. Agar boshqa davlatlar ulardan nimanidir talab qilsa, ular ham shuni so‘raydilar. Agar ular qandaydir davlat unga bo‘ysunishini xohlasa, xuddi shuni ular ham talab qiladilar. Ular huquqlar teng bo‘lishini istashadi, biroq bu yo‘ldan borish oson emasligini ham tushunishadi. Ular uchun bu qiyin, lekin ular taslim bo‘lishmaydi va kundan-kunga oldinga borishadi. Ular shu darajaga erishish uchun hech narsasiz qolishga, hatto o‘lishga ham tayyor! Ular ham avvalgi guruhdek, aholining taxminan 15% ni tashkil qiladi.
 
Qolganlari juda og‘ir kunlarni boshidan kechirgan oddiy odamlardir. Ular aslida nima bo‘layotganini ham tushunishmaydi.
 
Endi saylovlar haqida. Saylov hazil va bekorchi narsa emas. Turkiyada beshinchi sinf bolasi ham saylovni kuzatadi, keyingi davrni kim boshqarishi mumkinligiga e’tiborini qaratadi. Bu yerda dunyoning boshqa ko‘plab mamlakatlaridagi kabi xalq amaldagi rahbarini “bir ovozdan” qayta saylayvermaydi! Haqiqatan ham, joriy yilning 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan saylov oldingi barcha saylovlar ichida eng murakkabi bo‘lishi kutilmoqda.
 
Rajab Toyyib Erdog‘anga kelsak, u ikkinchi guruhga mansub. Bu yerda vaziyat Misrda bo‘lgani kabi holatda turibdi. Doktor Muhammad Mursiy va boshqa nomzodning tanlovi Misr qibtiylari va musulmonlar o‘rtasidagi tanlov edi. Ikki xil madaniyat. Xuddi shunday bu yerda ham ba’zilar ularga buyruq berganlarning istagini bajarish istagida, boshqalarining esa niyati ozodlik, tenglar ichra teng bo‘lishdir.
 
Doktor Mursiy, u oliy hokimiyat lavozimiga saylangan yagona ziyoli, munosib olim edi. Arab davlatlarida 100 yildan beri bunday shaxs rahbarlik lavozimida bo‘lmagan. Uning boshqaruvga kelishi barcha buyuk davlatlarga tahdid soldi. Natijada Misr xalqi bu jangda mag‘lub bo‘ldi. Hozir u yerda nima bo‘layotganini o‘zingiz ko‘rishingiz turibsiz. Misrning ko‘plab olimlari, boylari, muvaffaqiyatli odamlari, ishlab chiqaruvchilari, siyosatchilari boshqa mamlakatlarga qochib ketmoqda.
 
Turk dunyosi o‘z tanlovini kutmoqda. Bu saylov turk va arab dunyosi, ayniqsa, buyuk davlatlar uchun katta ahamiyatga ega.
 
Ikkinchi guruh Turkiyani 20 yil ichida erkin va rivojlangan davlatga aylantirdi. Buni birinchi guruh 70 yil davomida qila olmagan edi. Buni hamma ko‘rib turibdi. Chunki u allaqachon eng yaxshi 20 davlat qatoriga kirdi.
 
Biroq bu o‘rinda bir katta muammo bor. Ba’zi dindorlar qatlam ikkinchi guruhga ovoz bermoqchi emas, birinchi guruhga-ku mutlaqo! Sabab sifatida ular qonunlarning shariatga asoslanmaganini ro‘kach qilishadi. Ularning e’tiqodini va shu bois g‘ashligini tushunish mumkin. Ammo diniy bilimlari yetarli bo‘lmagani uchun hozirgi paytda istaklarini amalga oshirib bo‘lmasligini anglab yetishmaydi. Ular qachon  qizlari hijob tufayli maktabdan haydalsa, yoki tashqi ko‘rinishi uchun diplom berilmasa, yoki ayollari diniy e’tiqodi uchun maxsus xizmatlar tomonidan so‘roq qilinsa, olimlari ekstremizm bilan ayblanib, boylar ta’qib qilinsagina musulmonlarni qo‘llab-quvvatlaydigan shunday rahbarni saylash kerakligini tushunadilar. Ammo unda kech bo‘lishi mumkin.
 
Ular aksariyat musulmon mamlakatlaridagi kuzatilayotgan og‘ir ahvolni bilmaydilar, tushunmaydilar.
 
Bu saylovlarda xalifa saylash haqida gap ketayotgani yo‘q.
 
Yoxud shariat qonuni yaxshiroqmi yoki konstitutsiyami, degan savol ham qo‘yilmayapti.
 
So‘z bir shaxsning musulmonlarni himoya qilishi haqida ketmoqda.
 
20 yillik boshqaruv va qonunlar qabul qilishda aholining 90 foizini tashkil etuvchi musulmonlarning manfaati ko‘zlandi. Ammo hech kim xatolardan xoli emas, biz insonmiz, hammamiz xato qilamiz.
 
Agar turklar ikkinchi guruhni tanlasa, Turkiya turkiy davlatlar ichida yetakchi bo‘lish imkoniyatiga ega. Boshqalar esa Turkiyadan o‘rnak olishga intiladi. Arab mamlakatlariga kelsak, ular o‘rtasida obro‘ va hurmat ancha ko‘tariladi. Ko‘pgina davlat ishlari Turkiya bilan maslahatlashib hal qilinadi. Shuningdek, buyuk davlatlar Turkiyaga munosabatini albatta o‘zgartiradi. Ular shunga majbur bo‘ladi.
 
G‘arb kunu tun imkoniyatni boy bermaslik uchun birinchi guruh bilan ochiqdan-ochiq hamkorlik qilmoqda. Agar ikkinchi guruh mag‘lub bo‘lsa, mamlakat kamida 20 yil orqaga qaytadi. Xalq o‘ziga kelgunga qadar katta imkoniyat va vaqt yo‘qotiladi, oqibat Misrdagi kabi bo‘ladi, shuning uchun turk xalqi ulkan tanlov oldida turibdi.
 
Ko‘ramiz, turk xalqi kimning yo‘nalishini tanlaydi. G‘arb Rajab Toyyib Erdog‘an boshchiligidagi ikkinchi guruhning mag‘lubiyatini tantana bilan nishonlash uchun kutmoqda.
 
Musulmonlar esa uning g‘alabasini minoralarda takbir va azon aytib kutmoqdalar.
 
Ishonamizki, Rajab Toyyib Erdog‘an g‘alaba qozonadi va yana uning og‘zidan Haq taoloning: «Darhaqiqat, Biz sizga ochiq-ravshan fath-g‘alaba ato etdik», degan so‘zlarini eshitamiz, insha Alloh!
 
Doktor Muhammad Akbarov,
Islomiy iqtisod va huquq bo‘yicha falsafa doktori

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tarix takrorlanmoqda: Turkiya sulton Abdulhamid davridagi kabi tanlov qarshisida!