
Eron Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bilan Fors ko‘rfazidagi bahsli uchta orol ustidan o‘z suverenitetini yana bir bor tasdiqladi.
“Eron o‘z hududiy suverenitetini himoya qilish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi”, dedi Tashqi ishlar vazirligi so‘zlovchisi Nosir Kan’oniy.
Eron ham, BAA ham 1971 yildan beri Tehron tasarrufida bo‘lgan Abu Muso, Katta va Kichik Tunb orollariga da’vogarlik qilmoqda.
Juma kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan yillik arab sammiti BAAning bahsli orollar ustidan suverenitetini tasdiqladi va Abu-Dabi tomonidan ularni qaytarish bo‘yicha ko‘rilayotgan barcha choralarni qo‘llab-quvvatladi.
Kan’oniyning aytishicha, Tehron arab sammitining bir qancha ishtirokchilari hamkorlikni rivojlantirish hamda muloqot va o‘zaro tushunishga ustuvor ahamiyat berish borasida bildirilgan ijobiy pozitsiyalarni yuqori baholaydi.
"Konstruktivizm va ichki xavfsizlik uchun mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi jamoaviy hamkorlik mintaqada yangi tartibni rivojlantirishning asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Eron Islom Respublikasi buni har doim mintaqaviy zarurat deb hisoblagan", - deya qo‘shimcha qilgan u.
Ma’lumot o‘rnida:
Abu Muso, Katta va Kichik Tunb orollari Fors ko‘rfazining sharqida, Eron va Birlashgan Arab Amirliklarini ajratib turuvchi Hurmuz bo‘g‘oziga kiraverishda joylashgan. Abu Musoning maydoni deyarli 13 km² bo‘lib, unda 2000 ga yaqin odam yashaydi, ular asosan baliq ovlash bilan shug‘ullanadi. Katta Tunb orolining maydoni esa 10 km² dan sal ko‘proq, bu yerda bir necha yuz kishi istiqomat qiladi, Eron harbiy-dengiz bazasi joylashgan va qo‘nish maydonchasi mavjud.
Abu Muso oroliga egalik haqidagi bahs 1974 yildan beri davom etib keladi. Orol 20-asr boshidan Eron nazorati ostida bo‘lgan. 1906 yilda oroldagi temir oksidi koni Germaniyaning “Vinkxaus” kompaniyasiga berilgan. 1907 yilda Britaniya imperiyasining talabi bilan orol Eronga qaytarildi, buning natijasida xalqaro kelishmovchilik qo‘zg‘atildi. 1908 yildan so‘ng Britaniya yana o‘z nazoratiga olgan.
1960 yilda u orol ustidan nazoratni o‘zi bosib olgan Sharja (hozirgi BAAning bir qismi) amirligiga topshirdi. 1968 yilda esa Briitaniya Abu Musoning Eronga qaytarilishini e’lon qildi. 1971 yil 30 noyabrda Eron va Sharja o‘zaro anglashuv shartnomasini imzoladi. Kelishuvga ko‘ra, Sharja orolda politsiya bo‘limi, Eron esa qo‘shinlarini saqlab qolishi mumkin edi. Ikki tomon ham orolda foydali qazilmalarni qazib olishlariga ruxsat berildi.
Shartnomani imzolash orqali kichik amirlik (Sharja) Eronning (Abu Musoga) bostirib kirishining oldini oldi, forslar ikki kun avval boshqa ikkita bahsli orollar - Katta va Kichik Tunbni egallab olgandi.
Bir kun oldin Buyuk Britaniya rasman orolni tark etdi. Eron o‘z qo‘shinlarini u yerda joylashtirdi va buni Sharja shayxining ukasi Shayx Sag‘ar tasdiqladi.
1971 yilda BAA orolni boshqarish bo‘yicha BMTga talab qo‘ydi, ammo BMT Xavfsizlik Kengashi uni rad etdi.
1992 yil avgust oyida Eron orolni bosib oldi va uning aholisini materikka ko‘chirib yubordi.
2012 yilda Eron prezidenti Mahmud Ahmadinajodning orolga kelishi BAA elchisi Sayf al-Zahabiyning chaqirib olinishiga sabab bo‘lgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar