Umrining asosiy qismini Yevropada o‘tkazgan Lionel Messi AQSH hayotiga moslashishi qiyin kechayotgan ko‘rinadi.
Argentinalik yulduz ketayotgan mashina Mayamida svetoforning qizil chirog‘ida o‘tib ketgan va avtohalokatga uchrashiga bir bahya qolgan. Bu haqda TyC Sport nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Messi politsiya mashinasi hamrohligida harakatlangan. Qizil chiroq yonganiga qaramay, futbolchi ketayotgan mashina katta chorrahaga chiqib ketgan. Boshqa haydovchining chaqqonligi avtohalokatning oldini olgan.
Hozircha, mashina rulida Messi bo‘lganmi yoki haydovchi xizmatidan foydalanganmi, bu savol ochiqligicha qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar