Janubiy Afrikada internet sifati pasaydi va elektr energiyasi uzildi

NetBlocks monitoring xizmati Janubiy Afrikada internet aloqasi sifati sezilarli darajada yomonlashganini qayd etdi. Bu holat mamlakatda yuz bergan keng ko‘lamli tabiiy ofatlar va ob-havo sharoitining keskin yomonlashuvi bilan bog‘liq. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra, G‘arbiy Kap provinsiyasi aloqa uzilishlaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududga aylandi. Internetdagi nosozliklar elektr energiyasining ommaviy ravishda o‘chirilishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.
Mamlakat hukumati kuchli yomg‘irlar, suv toshqinlari, shiddatli shamol va qor yog‘ishi sababli milliy favqulodda holat e’lon qildi. Tabiiy ofat infratuzilma ishini izdan chiqardi va turli hududlardagi asosiy xizmatlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Hozirda mutaxassislar tarmoq barqarorligini tiklash ustida ishlamoqda, biroq elektr ta’minotidagi uzilishlar internet provayderlarining normal ishlashiga to‘sqinlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!