14:09 / 01.01.2024
290

Yaponiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi (video)

Yaponiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi (video)

Yaponiya g‘arbidagi Isikava prefekturasida besh daqiqadan kamroq vaqt oralig‘ida ikkita kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat bosh meteorologiya agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, 5,7 magnitudali birinchi silkinishlar mahalliy vaqt bilan 16:06 da (Toshkent vaqti bilan 12:06) qayd etilgan. Keyingi kuchliroq 7,4 magnitudali silkinish 16:10 (Moskva vaqti bilan 12:10) da sodir bo‘lgan. Yer qimirlashi Osaka va Kioto, shuningdek, Tokioda ham sezilgan.

Mamlakatda sunami xavfi e’lon qilingan. G‘arbiy sohilda balandligi 50 santimetrdan 1,2 metrgacha bo‘lgan to‘lqinlar qayd etilgan. Dunyodagi eng yirik “Kasivadzaki-Kariva” atom elektr stansiyasi hududida balandligi 40 santimetr bo‘lgan sunami kuzatilgan.

Fukui prefekturasi xavfsizlik choralari qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiya yadroviy obyektlarida hech qanday favqulodda vaziyatlar yuzaga kelmagan. Vayronagarchilik va qurbonlar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.

Isikava prefekturasida barcha tezyurar poyezdlar harakati to‘xtatilgan. Zilzila haqida ma’lumot yig‘ish uchun Bosh vazirlik idorasida favqulodda shtab ochildi.

Yaponiya energetika kompaniyalari bir qator kuchli zilzilalardan so‘ng mamlakatdagi atom inshootlari holatini zudlik bilan tekshirmoqda. Hozirgacha Yaponiya AESlarida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Mahalliy aholidan zudlik bilan qirg‘oqbo‘yi hududini tark etish yoki binolar tomiga chiqish so‘ralmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo