date

Hoʻrmuz boʻgʻozi yaqinida kemalarga qilingan hujumlar keskinlikni kuchaytirmoqda

Hoʻrmuz boʻgʻozi yaqinida kemalarga qilingan hujumlar keskinlikni kuchaytirmoqda

Hoʻrmuz boʻgʻozi yaqinida savdo kemalariga nisbatan ikki marta hujum sodir etildi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Dengiz savdo amaliyotlari boshqarmasi (UKMTO) maʼlum qildi.

Birinchi holatda tankerga nomaʼlum snaryadlar kelib tushgani qayd etilgan. Hodisa BAAdan taxminan 78 dengiz mili shimolda yuz bergan.

Ikkinchi holatda esa Eronning Sirik shahri yaqinida bir nechta kichik qayiqlar yuk kemasiga hujum qilgan. Maʼlum qilinishicha, bu joy hodisa sodir boʻlgan nuqtadan 11 dengiz mili uzoqlikda joylashgan.

Har ikki holatda ham ekipaj aʼzolariga zarar yetmagani taʼkidlangan.

Avvalroq Donald Tramp savdo kemalarini boʻgʻozdan olib chiqish boʻyicha operatsiya boshlanganini eʼlon qilgan edi.

Eron esa bunday harakatlarni sulhga xilof deb baholashini maʼlum qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Hoʻrmuz boʻgʻozi yaqinida kemalarga qilingan hujumlar keskinlikni kuchaytirmoqda