Foto: AFP
Kelgusi o‘n yilliklarda dunyoning aksariyat qismlarida tug‘ilgan bolalar soni sezilarli darajada kamayadi. Va bu sayyorada katta ijtimoiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Tug‘ilishning pasayishi shu qadar jiddiy bo‘ladiki, 2050 yilga borib, mamlakatlarning to‘rtdan uch qismidan ko‘prog‘i o‘z aholisi ko‘payishini ta’minlay olmaydi. U qisqaradi va asr oxiriga borib, mamlakatlarning 97 foizidan ortig‘i bu muammoga duch keladi.
Bu Sog‘liqni saqlash ko‘rsatkichlari va baholash instituti (IHME) tomonidan o‘tkazilgan yangi global tug‘ilish tadqiqotining asosiy xulosasi. Unda dunyo chuqur demografik inqirozga uchrashi bashorat qilinmoqda. Ko‘pgina mintaqalarda tug‘ilish darajasi pasayishi, Sahroi Kabirdagi Afrika mamlakatlarida ko‘payishi kutilmoqda.
Asr oxiriga borib, tug‘ilishning qariyb 77 foizi kam daromadli mamlakatlarda sodir bo‘ladi. Taqqoslash uchun, 2021 yilda dunyodagi chaqaloqlarning 29 foizi Sahroi Kabirdagi Afrikada tug‘ilgan. 2100 yilga borib, bu ulush 54 foizdan oshadi.
Bu holat muayyan iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Dunyoning ko‘p qismi qisqarib borayotgan ishchi kuchi va qarigan aholiga qanday g‘amxo‘rlik qilish bilan kurashishga majbur bo‘ladi. Va cheklangan resurslarga ega bo‘lgan Afrika davlatlari iqtisodiy cheklovlar va siyosiy beqarorlik sharoitida yosh aholi sonining ko‘payishiga dosh berishga majbur bo‘ladi.
Tadqiqot mualliflarining fikricha, muvozanatli migratsiya siyosati bu bo‘linish oqibatlarini yumshata oladi.
Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlar ota-onalarni yanada jiddiy qo‘llab-quvvatlash, masalan, ota-ona ta’tillarini uzaytirish, moddiy rag‘batlantirish, bandlik imtiyozlari va boshqa choralar orqali bunga qarshi kurashishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi
Germaniyada 2024 yilning eng zararli soʻzi aniqlandi
Kiyev asirga olingan KXDR askarlarini ma'lum shart evaziga Pxenyanga topshirmoqchi
Britaniya biznesi yangi xodimlarni yollash oʻrniga sun'iy intellektdan foydalanishni afzal koʻrmoqda