
Kaliforniya politsiyasi 39 yoshli Robert Lopesni minglab LEGO to‘plamlarini o‘g‘irlab, qayta sotganlikda gumon qilib qo‘lga oldi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u sheriklari bilan birga jami 6 ming dollarlik qimmatbaho o‘yinchoqlarni noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan.
Santa-Rosa politsiyasi bayonotida ta’kidlanishicha, Lopes boshqalarga do‘konlardan LEGO to‘plamlarini o‘g‘irlashni buyurgan, keyin ularni arzon narxda sotib olib, qimmatroq bahoda qayta sotgan. Politsiya uning uyidan o‘n minglab LEGO detallari, mini-figuralar va yig‘ilgan haykalchalarni topgan.
Ma’lum bo‘lishicha, u internet orqali sotuv tizimini yo‘lga qo‘ygan va mahsulotlarni saralab sotish uchun maxsus sxema yaratgan. Tergov hozirda uning sheriklarini va o‘g‘irlangan mahsulotlar manbasini aniqlamoqda.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, LEGO kolleksiyalari ikkilamchi bozorda juda talabgir bo‘lib, ayrim to‘plamlar narxi yiliga 10 foizgacha o‘sadi. Shu boisdan ham bu o‘yinchoqlar ayrimlar uchun investitsiya vositasiga aylanmoqda.
Lopes aybini tan olgan taqdirda, unga uch yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!