date

Bir shirinlik 25-yillik nikohni barbod etdi

Bir shirinlik 25-yillik nikohni barbod etdi

AQSHda yashovchi ayol 25-yil davom etgan turmushini noodatiy sabab bilan tugatdi — u eri uning bananli chizkeykini yeb qo‘ygani uchun ajrashishga qaror qildi, deb yozdi Reddit foydalanuvchilari.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, munosabatlar avvalida iliq bo‘lgan, ammo yillar o‘tishi bilan erining e’tibori va mehri so‘nib borgan. U o‘zini “bir uyda yashab, lekin yolg‘iz” his qilgan.

So‘nggi ta’til vaqtida ayol erining befarqligiga yana bir bor amin bo‘lgan. Ular restoranda bananli chizkeyk buyurtma qilishgan. Ayol yarmini yeb, qolganini ertalab choy bilan yemoqchi bo‘lgan, ammo tongda shirinlik yo‘q edi — eri kechasi och qolib, yeb qo‘yganini aytgan.

“Bu oddiy chizkeyk emasdi, balki yillar davomida yig‘ilgan beparvolik ramzi edi”, deb yozgan ayol.

Psixologlar ta’kidlashicha, bu kabi ajrimlar katta janjallardan emas, balki yillar davomida to‘plangan hissiy sovuqlik va muloqot yetishmasligidan kelib chiqadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bir shirinlik 25-yillik nikohni barbod etdi